Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tayanch tushunchalar: 
modellashtirish, matematik modellash­
tirish, imitatsion model, aks ettiruvchi model, olcham li model, 
matematik uslublar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Matematik uslublar haqida tushunchangizni sharhlab bering.
2. Matematik uslublardan ommaviy jarayonlarning rivojla- 
nishida qonuniyatlarni va an’analarni aniqlashda qanday foyda- 
lanish mumkin?
3. Matematik modellashtirish nima?
4. Modellashtirishning aks ettiruvchi — (mezonli) o‘lcham- 
li shakli nima?
5. Modellashtirishning imitatsion shakli nima?
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Dispersiya 
— yoyilish, ajralish, bo'linish, parchalanish. Tarix 
fanida tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish.
Korrelyatsion 
— o‘zaro bog‘liqlik, bog‘langanlik, munosabat- 
dorlik; tarix fanida voqealarning o‘zaro bogliqligi, o‘zaro muno- 
sabatda bo‘lganligi.
Modellashtirish 
— tarixiy hodisalarning shartli ravishdagi an- 
dozasini, shaklini, holatini tuzish, shakllantirish.
Tarixda matematik uslublar 
— matematikalashtirish (matema- 
tizatsiya) va kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya) ilmiy-tex- 
nikaviy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridir. Matematik uslub­
lardan tarix fani tadqiqotlarida foydalanish haqida maxsus asarlar 
ham yozilgan (М.Ковальченко. Количественные методы в 
историческом исследовании. — М., 1984; Математические 
модели исторических протестов. — М., 1998). Matematik 
uslublar tarixiy jarayonlaridagi qonuniyat va an’analarni aniqlash 
va o‘rganish va xulosalar chiqarishga yordam beradi (masalan, 
iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlash, aholini ro‘yxatga olish, 
saylovlarning natijalarini tahlil qilish). XIX asr oxirf—XX asr 
boshida fransuz olimi Seminon fransuz xalqining oylik statisti-


kasini hisoblab chiqib matematik uslublarga asos solgan. XX asr- 
da bu usul rivojlanadi. II jahon urushidan keyin AQSH olimlari 
bu usuldan foydalana boshlaydilar. U lar matematik uslublardan 
elektron hisoblash mashinalari bilan bog‘liq holda foydalangan- 
lar. Yangi fanlar paydo bo‘la boshlagach, tarix yangi uslublarda 
ko‘rib chiqila boshlagan. D.Nort va G.Fogel matematik uslub­
lardan foydalangani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'lishgan. 
Ba’zi olimlar agar hamma jarayon raqamlarga aylantirib yuboril- 
sa, tarixda tirik inson qolmaydi, boshqalari matematik uslublar- 
siz umumiy xulosaga kelib bo‘lmaydi degan fikrlarni bildirgan- 
lar. XX asrning 60-yillaridan boshlab matematik uslublar tarix 
fani tadqiqotlarida keng ko‘lamda qo‘llanila boshlandi. Matema­
tik uslublardan foydalanib, tarixiy jarayonlar, voqealarni matema­
tik modellashtirish (tiklash) mumkin.


TARIX FANI TADQIQOTLARIDA FANLARARO 
YONDASHUV

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling