Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

hodisalarning 
mantiqiy aloqadorligi zarur bo'ladi. Sotsiologik tamoyillar va un- 
ga bog‘liq ayrim tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib tarixchi­
ga tizim lar va jarayonlarni o‘rganish murakkablik tug‘diradi. 
Umumiy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda, 
murakkab 
tizim larni tadqiq etishda sotsiologiyaning ko'magi zarur bo‘la- 
di. O'ylangan eksperiment va deduktiv mulohazalar chiqarish
manbalardagi yashirin axborotlarni ajratib olish tarixchilar uchun 
bahslarga sabab bo‘ladi. Bu vaziyatda sotsiologiya tarixi tadqiqot- 
lariga tizimli tahlil, ilmiy izlanishning dasturiy shakllari bilan 
yordam berishi mumkin. Biroq bir narsani yodda tutish lozimki, 
ya’ni sotsiologiyaning zamonaviylikni tadqiq etishga 
yo‘naltirilgan 
bir qator tushunchalari va uslublarini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tmish- 
ni o‘rganishga yo‘naltirilgan tarixiy tadqiqotlarga jalb etish qo‘pol 
xatolikka olib keladi. Sotsiologiyaning tadqiqot uslublarini tarixi 
tadqiqotlariga jalb etishning murakkabligi ham ana shunda.
Sotsiologik yondashuv tarixiy yondashuvlarning o‘rnini bos- 
maydi yoki ularni almashtirmaydi, balki ularning mohiyatini va 
samaradorligini chuqurlashtirib, mukammallashtiradi, bunda u 
manbalardan ajratib olingan faktlar (dalillar)ga asoslanadi.
Manbalardagi yashirin axborotni aniqlash va ajratib olish 
uchun kontent-tahlil metodi qollaniladi. Bunday tahlil meto- 
di katta hajmli matnli axborotni, ya’ni maqollarning mazmu- 
ni, topishmoqlar, anketalar, traktat (biror-bir mavzuga bag‘ish- 
langan ilmiy asar) larni, gazeta va jurnallarni, alohida odamlar 
va guruhlarning yozma va og'zaki lug'atlari kabilarni miqdoriy 
ko‘rsatkichlarga aylantirishda yordam beradi.
Tahlil standartlashtirilgan jarayonlar yordam ida arnalga 
oshiriladi, bu jarayonda matnni interpretatsiyalashdagi subyektiv-


lik m a’lum darajada kamayadi. Kontent — tahlil uch bosqichda 
amalga oshiriladi: birinchi bosqichda matn mazmuniga ko‘ra bir 
necha guruhlarga (kichik matnlarga) ajratiladi, ularning mohi- 
yati, ahamiyati va o‘zaro bog‘liqligi aniqlanadi va chuqur tarixiy 
tahlil amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda ma’noviy birliklar- 
ning matnda qo‘llanilishi va takrorlanishlari miqdori o‘rganiladi 
va bu bosqich miqdoriy bosqich deb ataladi. Uchinchi bosqichda 
matn tahlili natijalarining interpretatsiyalash amalga oshiriladi, 
bu bosqichda ham sifatli tahlil amalga oshiriladi. Manba matni- 
ning mazmuni bo‘yicha tahlili manbaning yashirin axborotlarini 
aniqlashga va ularni tushunishga ham imkon beradi.
Tarixchilar sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan va tarixda 
sodir bo'lgan jarayonlarni tushuntirishda yordam beradigan tur- 
li darajalar nazariyalarini ham qo‘llaydilar. Sotsiologiyaning tad­
qiqot uslublaridagi yangiliklar tarixchilar tomonidan ham diqqat 
bilan o‘rganiladi, shuning uchun nafaqat amaliy, balki nazariy 
sotsiologiya ham tarixchi uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yetakchi o‘ringa chi- 
qib borgan «yangi ijtimoiy tarix»ning shakllanishi tarix va sotsi­
ologiya o‘rtasidagi integratsiyaning asosi bo‘lib xizmat qildi. Bu 
tarix fanining kuchli ko‘p qirrali tarmog‘i bolib, doimiy ravish- 
da taraqqiy etib borib, tarix fani predmetining jihatlarini aniqlab 
berishi va doimiy ravishda tadqiqot uslublarini yangilab borishi, 
takomillashtirib borishi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. «Yan­
gi ijtimoiy tarix»ning mazmuni va uning muammolari L.P.Repina 
tomonidan ko‘rsatib berilgan «Yangi ijtimoiy tarix» tarixiy o‘tmish- 
ni, jamiyatning ichki holatini ko‘rsatib beruvchi, undagi alohida 
guruhlarning, shaxslarning va ular o‘rtasidagi munosabatlarni ijti­
moiy terminlarda interpretatsiyalash vazifasini ilgari surdi1.
Bu soha fanlararo yondashuvning «oltin asri» va fanlarning in- 
tegratsiyasi boshlangan XX asrning 60-yillarida shakllangan edi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling