Metodologiyasi


Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi
Tarix fanida tarixiy tadqiqotlarning yakuniy maqsadi haqidagi 
bahslar mavjud bo‘lib, har qanday fanda bu maqsad — tushunti­
rish deb ko‘rsatiladi. Biroq, V.Dilteyning fikricha, tarixchi tarixni 
tushuntirib bera olmaydi, uni faqat tushunishi mumkin.
XX asrda shunday xulosa shakllandiki, unga ko‘ra tarixchi 
tarixiy voqealarni tasvirlash va tavsiflash bilangina cheklanib 
qolmasdan, balki uni tushuntirib berishi lozimdir. K.Gempel 
tarixiy voqelikni ilmiy tushuntirish uni qandaydir qonuniyatga 
bog‘liq qilib qo‘yadi, degan xulosa berdi. Albatta, bu aniq va yax- 
lit bir tarixiy jarayonni tushuntirib berish emas, balki uni biror- 
bir nuqtayi nazardan yondashib tushuntirishdir. K.Gempel bilan 
bu borada munozaraga kirishgan U.Drey u yoki bu odamlar xat- 
ti-harakatlari yoki faoliyatlarining maqsadga muvoflqligini dalil­
lar asosida tushuntirib berishni himoya qilib chiqadi.
Bulardan tashqari tushuntirishning boshqa shakllari ham 
mavjuddir.
1. Sabab-oqibatga bog‘liq holda (favqulodda yuz beradigan
tasodifan sodir bo‘ladigan) tushuntirish, bunda inson faoliyati 
natijasida voqealar sodir bo‘lishining obyektiv va subyektiv sa- 
bablari ochib beriladi.
2. Genetik tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohi- 
yati ularning vaqtdagi ifodasida yoki vaqtga bog‘liq holda aks


etishi orqali tushuntirib beriladi. Genetik tushuntirish tarixiy 
voqealar va tarixiy jarayonlarning sodir bo'lishini tushuntirib 
beradi.
3. Tizimli tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohiya- 
ti ijtimoiy tizimlar tahlili orqali ochib beriladi, tizimli-tashkiliy 
belgilar, tizimning elementlari va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
aniqlanadi.
4. Vazifaviy tushuntirish, tizimli tushuntirishning boshqacha 
shakli bo‘lib, tizimning vazifaviy nuqtayi nazardan tushuntirish 
imkonini beradi.
Tadqiqot boshlanishida tadqiqotning farazi (gipoteza (na­
zariy sxemasi)) ilgari suriladi. U tarixchining imkoniyati doirasi- 
da mavjud bo‘lgan tushunchalar va nazariyalar dalillari yorda- 
mida tekshirib chiqiladi. Agar bu fikrlar ilmiy jihatdan o‘z asosini 
topa olmasa, yangi faraz shakllantirilishi va yangi g‘oyalar pay­
do bo'lishi mumkin. Tushuntirishning tugallangan shakli tarixiy 
nazariya bo‘ladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling