Metodologiyasi


Fundamental va xususiy nazariyalar


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Fundamental va xususiy nazariyalar
Fundamental nazariyalar bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bog‘liq 
nazariyalar, sivilizatsiyalar nazariyasi, tarixiy jarayonlarning 
davriy (siklik) nazariyalari, modernizatsiya nazariyasi va bosh- 
qalardir.
Xususiy nazariyalar esa o‘rta asrlar shaharlari nazariyasi, im- 
periyalar nazariyalari kabi bo‘lib, alohida hodisalarga yo‘naltiril- 
gan bo‘ladi. Tadqiqotlar jarayonida aholi mobilligining sotsiologik 
nazariyasi, konfliktologiya va boshqa bir qancha nazariyalar ham 
qo‘llaniladi. Nazariyada uning predmetga bog‘liqligi, to‘liqli- 
gi va mukammalligi, aynan bir xillikka moslik va tenglik da- 
rajasi (adekvatnost), interpretatsiyaga moyilligining darajasi va 
uning tekshirilishi imkoniyati darajalari kabilar muhim ahami- 
yatga egadir. K.Popperning ko'rsatib o‘tishicha, har qanday naza- 
riyaning muallifi eng avvalo o‘z nazariyasini o‘zi inkor qilish- 
ga urinib ko‘rishi lozim (soxtalashtirish prinsipi), qachonki u o‘z 
nazariyasining qo‘llanilishi uchun yaroqliligini aniqlay olgandan 
so‘nggina uni amalda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Nazariya- 
ning aniq qo‘yilishi tadqiqotning natijasiga bevosita bog‘liq bo‘la-


di, shuningdek bunda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar 
ham aynan nazariyaning mukammalligiga bog'liqdir. Bunda tad­
qiqot jarayonida aniqlangan faktlar, dalillar, voqealar o‘rtasidagi 
bog‘liqliklar va boshqa shu kabi omillardan kelib chiqqan holda 
amalda qo‘llanilayotgan nazariya boshqasi bilan almashtirilishi 
yoki uni qaytadan takomillashtirish talab etiladi.
Tushuntirishda tushuncha va kategoriyalarning o‘rni. 
Tushun- 
cha bilishning nazariy darajasida shakllanadi. Tarixchilarda 
o‘ziga tushuncha-kategoriya apparati mavjud bo‘lib, bu tushun­
cha doimiy ravishda rivojlantirilib boriladi. Aniq fanlardan 
farqli ravishda tushuncha kuchsiz aniqlikda bo‘lib, uning belgi- 
lari va hajmi tarixchining o‘zi tom onidan aniqlanadi. Shuning 
uchun tushuncha ko‘p m a’noli bo‘lib, har bir tarixchi yoki tad­
qiqotchi tom onidan doimiy ravishda takomillashtirilib borila­
di. G.Frege har qanday bilishning uch birligini ko‘rsatib beradi, 
ya’ni bular nom, predmetlik ahamiyati (denotat), ma’no, ilmiy 
qarashlar.
Tarixiy tushuncha real voqelikning bir qismi yoki parchasi 
yoki o‘ylab chiqilgan yoki to‘qima tushuncha emas, balki tarix­
chining bilish faoliyati natijasi bolib, bir vaqtning o‘zida bilish 
vositasi sifatida ham tushuniladi. U tarixiy tadqiqot materiali- 
ga uyg'unlashgan holda bo‘lib, mustaqil mantiqiy tahlil predmeti 
bo‘lishi ham mumkin, biroq bunda bilimning mazmun jihati- 
ga ta’sir etuvchi mantiqiy tahlilni predmet tahlilidan ajratib olish 
maqsadga muvofiq emas.
Tarixiy tushuncha (tasavvur) hech qachon haqiqiy (real) vo- 
qelik bilan mos kelmaydi. Tarixiy tushunchada hodisalar (vo­
qealar, jarayonlar)ning asosiy va ixchamlashgan mohiyati mavjud 
bo‘ladi. U o£z tarkibida obyektning barcha xususiyatlarini emas
balki uning faqatgina eng muhim tom onlarini qamrab oladi. 
Tushuncha (tasavvur)ning haqiqiy (real) voqelik bilan mos kel- 
masligini tarixiy voqealar (hodisalar, jarayonlar)ning individu- 
alligida (aynan shu voqea (hodisa, jarayon)ning o‘ziga xosligida) 
deb tushuntirish mumkin, ular kamdan kam hollarda bir-biri-


dan farqlanuvchi shakllarda takrorlanishi mumkin, biroq hech 
qachon «aynan o‘zi»dek takrorlanmaydi. Tarixiy reallikning tur- 
lichaligi va mukammalligi tushuncha (tasavvur)da to‘liq aks et- 
maydi. Tarixiy jarayonlarning nosinxronligi (bir xilda, aynan 
o‘xshash, baravar sodir bo‘lmasligi)ni ham tushuncha (tasav- 
vur) va tarixiy reallikning bir-biriga mos kelmasligida anglash 
mumkin. Tushuncha (tasavvur) konkret-tarixiy reallikka nisba- 
tan ancha zaif bo‘lib, voqelikni asosan umumiy mantiqiy nuqtayi 
nazardan qamrab oladi va tarixiy voqelikni bir tizim sifatida 
o‘rganadi. Tarixchi (tadqiqotchi) tushunchaning erishilgan bi- 
lim darajasiga mos kelmasligiga ishonch hosil qilsa, tushunchani 
aniqlashtirishga va konkretlashtirishga harakat qiladi. Aynan 
mana shu harakat tarixiy tadqiqotlarning eng asosiy vazifala- 
ridan biridir.
Tarixchi uchun tushuncha konkret tarixiy voqelikni tushu- 
nish va anglash uchun zarurdir. Tarixchilar uchun «yagona (ay­
nan bir qolipdagi (andozadagi)) tushuncha» tushunchasi mavjud 
emas. Bunday aniqlashtirish yoki tushunchaning ta’rifini kelti- 
rish har doim ham to‘liq va mukammal bo‘lmagan. Haqiqiy tari­
xiy voqelik har qanday tushunchadan kengroq mazmunga ega- 
dir. Tushuncha polisemantik bo‘lib, agar biz unga aniq va konkret 
ta’rif beradigan va ayni vaqtda shu ta’rifga bog‘liq qilib qo‘yadi- 
gan bo‘lsak, u holda tadqiqotning davom ettirilishini to‘xtatib, bi­
lish jarayonining o‘zida to‘xtab qolgan bo‘lamiz. Tushuncha tad­
qiqot jarayonidagi keyingi aniqlashtirishlar va uning mazmunini 
kengaytirib borilishi uchun ochiq va rivojlanuvchi bolishi lozim. 
Tushuncha aniq va mustahkam bo‘lishi lozim, lekin ayni vaqt­
da har qanday tadqiqot muammosini «ochib beruvchi» universal 
mazmunda bo‘lmasligi kerak.
Tushunchani aniq davr va haqiqiy tarixiy voqelikdan alohi­
da ajratish mumkin emas, ya’ni tarixiylik tamoyiliga (prinsipi- 
ga) qat’iy amal qilish talab etiladi, aks holda u mazmun kasb et- 
maydi.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling