Metodologiyasi
metodologik tamoyillari. Tadqiqotlarni samarali olib borish muam-
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
metodologik tamoyillari. Tadqiqotlarni samarali olib borish muam-
molari, ilmiy ishlarni yozish usullari. Odatda, ilmiy ishlarni tashkillashtirishda muvofiqlashtirish kengashi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Kengashda o‘rga- nilmagan va o‘rganilayotgan mavzular ro‘yxati tuziladi hamda keyingi tadqiqotlarda bu asos vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ilmiy ish mavzusini tadqiqotchining o‘zi ham tanlashi mumkin. Tad qiqot mavzusini to‘g‘ri tanlay bilish ham ilmiy ishning dastlab- ki katta yutug‘idir. Tadqiqotchi avval ishlanmagan va o‘rganilishi dolzarb bo‘lib turgan mavzuni topa bilishi kerak. Tanlanayotgan mavzu avvalgi ilmiy ishlarni takrorlamasligi kerak. Bunday holat- lar kelib chiqmasligi uchun tanlanayotgan mavzuning o‘rganilish darajasi, ya’ni shu muammoga oid ilmiy ishlar va tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqotchi tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi. 0 ‘rganilgan mavzuga o‘xshash, biroq ulardan farqlanib turuvchi mavzu tanlanib, unda tarixning yangi bir qirrasi ochili- shi nazarda tutiladi va ishda tanlangan mavzuning o‘rganilishi, ahamiyati hamda avvalgi tadqiqotlardan farqi, davriy chegarasi, ilmiy qimmati tahlil etilib yangicha nazariy asosnoma beriladi. Asosnomada mavzuni o‘rganish dolzarb masala ekanligi isbot etiladi. Bunda eng avvalo dissertatsiyaning asosiy g‘oyasi, mavzu ning ilmiy muammo sifatida qo‘yilishi va tanlanishi ilmiy tad qiqotlar umumiy natijasidan kelib chiqqan holda ko‘rsatib beri ladi. Tadqiqot muammosidan kelib chiqib dissertatsiyaning mavzusini aniq ko‘rsatiladi. Tadqiqotning aniq mavzusi va g'oyasi aniqlanib, asoslab be- rilishi bilan birga tadqiqotni amalga oshirishdan ko‘zlangan aniq maqsadlar, tadqiqot muammolarini hal etilishida tadqiq etiladi- gan asosiy masalalar yoki muammolar — tadqiqotning obyekti, tadqiqotning amalga oshirilishidagi asosiy masalalar va ularning mazmuni va mohiyati — tadqiqotning predmeti, tadqiqotning amalga oshirilishi jarayonida va uning so‘nggida umumiy xu- losalar sifatida kutilayotgan ilmiy yangiliklar va ilmiy natijalar- ning aniq mazmuni, ya’ni tadqiqotchi tadqiqotdan kutilayotgan natijani aniq ko‘ra bilishi talab etiladi, tadqiqot maqsadi va il miy farazidan kelib chiqib aniq belgilangan vazifalarning qo'yili- shi, tanlangan mavzu bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar, tad qiqot usullari bo‘yicha ma’lumotlar, tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari va ayni vaqtda har bir belgilangan bosqichda amal ga oshirilishi ko‘zda tutilgan aniq vazifalar va ularning mazmuni, tadqiqot jarayonida va uning yakuniy bosqichida ilmiy tadqiqot ning natijasi sifatida chop etilishi yoki nashr qilinishi mum kin bo‘lgan ishlar haqidagi ma’lumotlar o‘rin olishi asosnomani tayyorlashning talablari etib belgilangan. Maqsad va vazifalarni belgilashda tadqiqotchining mavzu- ni tanlashdan maqsadi, shu yo‘lda uning oldida turgan vazi falar aniq ko‘rsatiladi. Ilmiy ishning o‘rganilish darajasini to‘g‘ri izohlash ham ishning yutugMni oshiradi. Ishning o‘rganilish da- rajasida shu ishga aloqador tadqiqotlar keltirilib, izlanuvchining ulardan farqli o‘laroq qaysi masalaga e’tibor qaratganligiga izoh beriladi. Avvalgi tadqiqotlarda yechilmagan qirralar ko‘rsatiladi, shuningdek, masalan, sovet davrida bir mavzu noxolis o‘rganil- ganligini ta’kidlab o'tilib, aynan shu mavzu xolisona yangicha yo- zilishi mumkin. 0 ‘rganilish darajasini dalillar orqali isbotlash va o‘zining mustahkam pozitsiyasini ko‘rsata bilish tadqiqotchining huquqiy imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Tarix fani tadqiqotlarida davriy chegara albatta belgilanishi va bu jihat «kirish»da aks etib turishi kerak. Chunki agar davr bel- gilanmasa aniq bir xulosaga ega bo‘lish va tugal dissertatsiya yo- zish qiyin. Davriy chegara kengaygan sari manbalar, adabiyotlar va muammolar ko‘lami ham kengayib, ularni yechish bir tad- qiqotchiga og‘irlik qiladi. Bir muammoning turli davrlarni bir ne cha tadqiqot mavzui etib tanlash mumkin. Kichikroq doiradagi vaqt ichida jarayonlarni ilmiy tahlil etish va xulosa berish ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshiradi. Shuningdek ishning ushbu qismida tadqiqotda tayanilgan metodologik asoslar ham aks ettirilishi kerak. Shuningdek ish- da uzviylik va davomiylik tamoyillariga tayanilgani va boshqa metodologik asoslar ham ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. Adabiyotlarni o‘rganishda, ya’ni mavzuning tarixshunoslik masalalarini tadqiq etishda ham mavzuning nazariy asoslariga bag‘ishlangan asarlarga katta e’tibor beriladi. Mavzuning nazariy asoslariga bag‘ishlangan adabiyotlar bilan ishlanganda, shu ningdek, boshqa mualliflar tadqiqotlari, ilmiy monografiyalar va avtoreferatlar bilan tanishganda ularga tanqidiy yondashib chuqur mulohazalar yuritilmog‘i kerak. Adabiyot bilan ishlanganda av- valo uning muallifi, nomi, chiqqan shahri, chop etgan nashriyo- ti, yili hamda annotatsiyasi bilan yozilishi kerak. Bu ma’lumotlar olinganidan keyin uni alohida tayyorlangan maxsus qaydnomalar- ga yoki kartochkalarga ma’lum bir qoida asosida yozib qo‘yiladi. Bu qaydnoma bilan tadqiqotchi o‘ziga maxsus adabiyotlar ro‘yxa- tini tuza boshlaydi. Shuningdek tadqiqotchi adabiyotlarni maxsus kartochkalarga emas, balki daftarga ham yozib olishi mumkin. Sohaning nazariyasiga bag‘ishlangan adabiyotlarni ko‘rish uchun alohida daftar tutib, uni o‘qigan kitobidagi shu soha faniga te- gishli turg‘un tushuncha, qonuniyat hamda qonun va qoidalarni yozib boriladi. Keyinchalik ular guruhlarga ajratilib tartibga so- linganidan keyin tadqiqot ishida ba’zilardan umumiy, ba’zilardan esa xususiy metodologik asos sifatida foydalaniladi. 0 ‘rganilayotgan ilmiy adabiyotni tanishish va tahlil qilish ja- rayonining natijasi sifatida tegishli ma’lumolar ajratib olinadi va yakunida adabiyot va uning muallifi, adabiyotdagi tadqiqot obyektiga aloqador alohida fikrlar hamda umumiy fikr-mulohaza- lar qayd qilib qo‘yiladi. Bu ma’lumotlar ilmiy ishning yozilishi ja rayonida qoMlaniladi. Chop etilgan monografiya, ilmiy risola, ilmiy maqola yoki an- jumanlarda qilinadigan ma’ruzalarning qisqacha mazmuni (te- zisi)ni, shuningdek, dissertatsiya yoki uning avtoreferatini o‘qish tartibi nazariyaga atalgan kitoblarni o‘qishdan farq qiladi. Ilmiy tadqiqot ishining umumiy yoki bir qismining yakuniga atalgan adabiyotlar bilan ishlanganda, nomi, qachon va qayerda, qaysi muassasa yoki nashriyot tomonidan chop qilinganini kar- totekaga moljallangan qog‘ozga tushiriladi. Shundan so‘ng stol- ga bir yo‘la uch varaq qog‘oz tayyorlab qo‘yiladi. Bu varaqlarni bosh-boshiga kartoteka qog‘oziga tushirilgan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi va qog‘ozlar tartib raqamlari bilan belgilab qo'yiladi1. Birinchi raqamli qog‘ozga, ilmiy nuqtayi nazardan to£g‘ri fikr- lar ko‘chirilib yozib boriladi. H ar bir fikrni ko‘chirib yozgandan keyin, qavs ichida adabiyotni qaysi betidan olinganligi qayd qilib boriladi. Bu keyinchalik dissertatsiya yozish jarayonida foydala- nilgan adabiyotga sahifa ostida izoh berishda kerak bo‘ladi. Ikkinchi raqamli qog‘ozga o‘qiyotgan ilmiy adabiyotdagi sizga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ko‘ringan fikrlarga muallif bilan munozara yuritib, unga alternativ (muqobil) holatdagi fikrlar qayd qilib bo riladi. Biroq munozara faqat ilmiy asoslangan bo‘lib, xolislik da- rajasiga olib borilishi shart. Shunday qilib, o‘qilayotgan adabiyot tahlil etiladi. Uchinchi raqamli qog‘ozga, shu adabiyot bilan ishlash jarayoni da yechimini kutayotgan masala va muammolar to‘g‘risida yangi fikrlar tushirib boriladi. Shu yo‘sinda uch turdagi qog'ozlarni uch xil jildlarga ajratib yig‘iladi. Jildlar ham qog‘ozlardagi raqamlar- ga muvofiq tartib raqami bilan belgilab qo‘yiladi. Bir necha o‘n ilmiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar bi lan tanishib, ularning tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tanqidiy Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling