Metodologiyasi
GLOSSARIY «Annallar maktabi»
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absolyut (mutlaq) haqiqat
- Abstraktlik — mavhumlik, fikrning mavhumligi. Abstraktlikdan
GLOSSARIY
«Annallar maktabi» — «yilnomachilik maktabi», qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Xitoy va boshqa davlatlarda mavjud bo‘lgan yilnomalar asosida tarixni yoritish. Absolyut (mutlaq) — (lotincha «absolutus» — shak-shubhasiz, cheklanmagan, chegaralanmagan, mutlaq) falsafada: butun mav- judotning azaliy va abadiy o‘zgarmas birlamchi asosi yoki har qa nday mutlaq narsa, hodisa. Absolyut (mutlaq) haqiqat — voqelikdagi, haqiqiy bilimn- ing empirik tajriba va nazariy bilishning haqqoniy va xo- lis mazmunining mosligi. Tarix falsafasida haqiqat narsalar ha qidagi bilimlarning mosligi sifatida tushunilgan (Aristotel), ideal obyektlarning rnangu va o‘zgarmas absolyut xususiyatlari (Platon, Avgustin), subyekt tafakkurining his etishi (sezgirligi, sezishi) bi lan mosligi (D.Yum), o‘z-o‘zi bilan tafakkur va fikrlashdagi tek- shirilmagan, dalilsiz shakllaridagi (apriori) mutanosiblik (I.Kant) kabi tushunchalar va qarashlar mavjud. Zamonaviy mantiq fanida va fan metodologiyasida haqiqat- ning e’tirof etilgan tushunchasi voqelikdagi, haqiqiy bilimning haqqoniylik tushunchasi bilan to‘ldirilishi — ya’ni, haqqoniylik darajasi va nazariyalar hamda farazlarning ishonchsizlilik dara- jalarining mutanosibligi bilan to'ldiriladi. Abstraktlik — mavhumlik, fikrning mavhumligi. Abstraktlikdan (mavhumlikdan) konkretlikka ko‘tarilish (yo‘naltirish, yo‘naltirilganlik) — obyektning tadqiqot meto- di (uslubi) bo‘lib, abstraktlik (mavhumlik)dan va bir yoqlama- lik bilimdan nisbatan konkretroq (aniq, to‘liq, mukammal) ilmiy aniqlik tizimi bo‘lgan nazariy fikrlash (tafakkur)ga tomon bilim- larni rivojlantirib borish. f o l i a r tarixi va gender tadqiqotlari — tarixda ayollar haqida ma’lumotlarning paydo bo‘la boshlanishi feminizmning shaklla- nishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Biroq XX asrning 60-yillari oxir- lari 70-yillari boshlariga kelib «ayollar tadqiqotlari» paydo bo‘lgan bo‘lsa, 80-yillarga kelib bu sohada «gender tadqiqotlari» deb nom olgan predmet tarmog‘i shakllandi va bunda asosan ayollar tari- xining konseptual apparatini o‘rganishga e’tibor qaratila boshlan- di. Bu tadqiqotlarning birinchi bosqichidayoq ayol tarixchilar- ning tanqidiy qarashlari birinchi o‘ringa chiqdi. Ularning qat’iy ravishda ta’kidlashicha, erkaklar tarixshunosligi ayollarni tarix- dan «o‘chirib yuborgan» va eng avvalo bu bo‘shliqni to‘ldirish lozim, qolaversa jinslar orasida «tobelik» va «hokimlik» muno- sabatlarini ham ko‘rsatib berish kerak deb hisobladilar. XX asr- ning 80-yillarida madaniy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lgan jinslar orasidagi notengiikning ijtimoiy xususiyatiga urg‘u ber- gan holda tadqiqotlar amalga oshirish yuzaga keldi. Gender tad- qiqotlarining asosiy mavzulari oila va nikoh, uy xo‘jaligi va bozor, huquq va siyosat, din va ta’lim, madaniyat sohalariga yo‘naitiril- gan. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling