Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Arxeografiya 
— yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki 
ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga 
olib kirishni nazarda tutadi.
Arxeologiya 
— (yunon. archaios — qadimgi va logos — bilim) 
insoniyat tarixini moddiy ashyolar va inson faoliyati izlari o‘rqali 
o‘rganadigan fan. Arxeologiya alohida qadimgi ashyolar va butun 
majmualarni arxeologik qazuvlar yordamida o‘rganadi.
Atributsiya 
— tadqiqot obyektining o‘ziga xos belgilarini 
aniqlash, metodologiyada tarixshunoslikning bir qismi bo‘lib, 
turli manbalarning o'ziga xos belgilari va tarkibi, o‘ziga xosli- 
gini (yaratish davri, mualliflari, manba va undagi ma’lumotlar- 
ning ishonarli va haqiqiyligi, ijtimoiy mansubligi, boshqa man- 
balar bilan o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar) o'rganish va aniqlash
belgilash.
Bonistika 
— (fr.Bonistique) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, 
qog‘oz pul belgilarini o‘rganadi, bonlar tarixiy hujjatlar hisob- 
lanib, numizmatika bilan uzviy bog‘langan.
Gender tahlili 
— genderni o‘rganishga yo‘naltirilgan uslublar 
majmuyi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Muammoli guruhlarni aniqlash.
Aniqlangan guruhlar tarkibidan muammoga aloqadorligi da- 
rajasiga qarab kichik guruhlarni ajratish.


Turli ijtimoiy guruhlar tajribalari kesimida muammoli vaziyat- 
larni boshqarish omillarini aniqlash va tahlil etish.
Muammoning yechimi topilishida zarur bo‘ladigan strategi- 
yalar, resurslar va institusional o'zgarishlarni aniqlash.
Gender tahlilini amalga oshirish jarayonida bir qator uslub - 
lardan ham foydalanilib, ulardan biri kartografiyalashtirish (tad- 
qiqotchi tomonidan qo'yilgan muammoning yechimini topish- 
da tadqiqotning keyingi bosqichlarini tahlil qilish uchun tadqiqot 
obyekti atrofidagi voqelikning individual kartasini tarkibiy tad­
qiqot obyekti sifatida yaratish)dir.
Genealogiya 
— (yunoncha genealogiya — shajara, geneos — av- 
lod va logos — bilim) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, avlod- 
ning (sulolaning) kelib chiqishi, urug‘ va oilalarning kelib chiqi- 
shi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. 
Uning amaliy sohasi shajaralar tuzishdir.
Genetik uslub 
— genezis (kelib chiqish) bilan bogliq bo‘lgan, 
kelib chiqishini (genezisini) o‘rganadigan uslub bo‘lib, tarixiy ja- 
rayonlarning kelib chiqishi, voqealarning shakllanishidagi o‘zaro 
bog‘liqlik holatlarini o‘rganish nuqtayi-nazaridan tarixiy tadqiqot- 
larni amalga oshirishda qollaniladigan tadqiqot uslubi. Bu uslub 
tarixiy tadqiqotlarda tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini tadqiq 
etib, tadqiqot yo‘nalishini o‘tmishdan bugungi kunga tomon yo‘nal- 
tiradi. Bunda genetik uslub tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini 
tadqiq etib, tadqiqot yo'nalishini o‘tmishdan bugungi kunga tomon 
yo‘naltiradi. Bunda genetik uslub o‘tmishdan bugungi kungacha so- 
dir bo‘lgan tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi, rivojlanib borishi 
va keyingi holatlariga o‘tishi jarayonlarini voqelarning kelib chiqi­
shi sabablarini aniqlashga e’tiborni qaratgan holda amalga oshiradi.
Geraldika 
— (Heraldry) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, 
ramzlar, nishonlar, gerblar, kompozitsiyalarning alohida belgila- 
rini o‘rganadi, shuningdek, ularning o‘ziga xos tarixiy manba si­
fatida o‘rganadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling