Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atributsiya
- Gender tahlili
- Genealogiya
- Genetik uslub
Arxeografiya
— yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Arxeologiya — (yunon. archaios — qadimgi va logos — bilim) insoniyat tarixini moddiy ashyolar va inson faoliyati izlari o‘rqali o‘rganadigan fan. Arxeologiya alohida qadimgi ashyolar va butun majmualarni arxeologik qazuvlar yordamida o‘rganadi. Atributsiya — tadqiqot obyektining o‘ziga xos belgilarini aniqlash, metodologiyada tarixshunoslikning bir qismi bo‘lib, turli manbalarning o'ziga xos belgilari va tarkibi, o‘ziga xosli- gini (yaratish davri, mualliflari, manba va undagi ma’lumotlar- ning ishonarli va haqiqiyligi, ijtimoiy mansubligi, boshqa man- balar bilan o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar) o'rganish va aniqlash, belgilash. Bonistika — (fr.Bonistique) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, qog‘oz pul belgilarini o‘rganadi, bonlar tarixiy hujjatlar hisob- lanib, numizmatika bilan uzviy bog‘langan. Gender tahlili — genderni o‘rganishga yo‘naltirilgan uslublar majmuyi bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Muammoli guruhlarni aniqlash. Aniqlangan guruhlar tarkibidan muammoga aloqadorligi da- rajasiga qarab kichik guruhlarni ajratish. Turli ijtimoiy guruhlar tajribalari kesimida muammoli vaziyat- larni boshqarish omillarini aniqlash va tahlil etish. Muammoning yechimi topilishida zarur bo‘ladigan strategi- yalar, resurslar va institusional o'zgarishlarni aniqlash. Gender tahlilini amalga oshirish jarayonida bir qator uslub - lardan ham foydalanilib, ulardan biri kartografiyalashtirish (tad- qiqotchi tomonidan qo'yilgan muammoning yechimini topish- da tadqiqotning keyingi bosqichlarini tahlil qilish uchun tadqiqot obyekti atrofidagi voqelikning individual kartasini tarkibiy tad qiqot obyekti sifatida yaratish)dir. Genealogiya — (yunoncha genealogiya — shajara, geneos — av- lod va logos — bilim) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, avlod- ning (sulolaning) kelib chiqishi, urug‘ va oilalarning kelib chiqi- shi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. Uning amaliy sohasi shajaralar tuzishdir. Genetik uslub — genezis (kelib chiqish) bilan bogliq bo‘lgan, kelib chiqishini (genezisini) o‘rganadigan uslub bo‘lib, tarixiy ja- rayonlarning kelib chiqishi, voqealarning shakllanishidagi o‘zaro bog‘liqlik holatlarini o‘rganish nuqtayi-nazaridan tarixiy tadqiqot- larni amalga oshirishda qollaniladigan tadqiqot uslubi. Bu uslub tarixiy tadqiqotlarda tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini tadqiq etib, tadqiqot yo‘nalishini o‘tmishdan bugungi kunga tomon yo‘nal- tiradi. Bunda genetik uslub tarixiy jarayonlarning kelib chiqishini tadqiq etib, tadqiqot yo'nalishini o‘tmishdan bugungi kunga tomon yo‘naltiradi. Bunda genetik uslub o‘tmishdan bugungi kungacha so- dir bo‘lgan tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi, rivojlanib borishi va keyingi holatlariga o‘tishi jarayonlarini voqelarning kelib chiqi shi sabablarini aniqlashga e’tiborni qaratgan holda amalga oshiradi. Geraldika — (Heraldry) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, ramzlar, nishonlar, gerblar, kompozitsiyalarning alohida belgila- rini o‘rganadi, shuningdek, ularning o‘ziga xos tarixiy manba si fatida o‘rganadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling