Metodologiyasi


Deduktiv-integral modellashtirish


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Deduktiv-integral modellashtirish 
— voqealarning xususiyatlari 
va ko‘lamidan hosil bo‘lgan umumiy tushunchalar va xulosalar 
yordamida tadqiqotchi tasavvurida tarixiy jarayonni tarkibiy ji­
hatdan shaklini shakllantirish.
Deduksiya 
— (lotin tilida «deduction» — ajratib olish, yuzaga 
chiqarish) mantiqiy qonuniyatlar asosida bir fikrdan ikkinchi bir 
fikrni ajratib olish, shakllantirish, umumiy holatdan xususiy xu- 
losalarga kelish, xususiy xulosalar chiqarish. Deduksiya — tarix 
fanida umumiy voqelik tarkibidan alohida xususiy jihatlarni (vo- 
qeliklarni) ajratib olish. Umumiy holatdan xususiy xulosalarga 
kelish yoki xususiy xulosalar chiqarish.
Determinizm 
— (lotin. «aniqlayman») — moddiy va ma’naviy 
olam hodisalarining obyektiv qonuniyatli o‘zaro aloqadorligi va 
bog‘liqligi, narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlari haqida- 
gi falsafiy ta’limot. Narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanish- 
lari haqidagi materialistik ta’limot. Determinizmning markaziy 
o‘zagini sababiyatning, ya’ni hodisalar o‘rtasida bir hodisa (sabab) 
muayyan sharoitlarda muqarrar ravishda boshqa hodisani (oqi- 
batni) keltirib chiqaradigan aloqadorlik mavjudligi haqidagi qoi- 
da tashkil qiladi. Determinizmning aksi indeterminizm bo‘lib, u 
umuman sababiyatni yoki loaqal uning umumiy xususiyatini tan 
olishni rad etadi. Tarix fanida determinizm (sababiylik) tamoyi- 
li fransuz va nemis olimlari tomonidan ilgari surilgan. Ular tarix 
faqat tasodiflardan iborat degan g‘oyaga qarshi chiqqanlar. Sa­
babiylik tamoyili tarixiy voqelikning o‘z sababiga egaligiga e’tibor


beradi. Determinizm (sababiylik) tamoyili tadqiqotchining e’ti- 
borini tarixiy hodisalar va voqealarning shartli ravishda o'zaro 
bir-biriga bog‘liq ravishda sodir bo‘lishiga qaratadi. Bu tamoyil- 
ga ko‘ra barcha voqealar va hodisalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq 
ravishda sodir bo'ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim ta- 
rixchilar sababiylik tamoyilini tan olmaydilar, chunki tarixiy vo­
qealarning sababini ochib berish juda murakkabdir.
Dialektika 
(yunon tilidan «dialektike (techne)» — bahsla- 
shish, suhbatlashish, muloqot san’ati). Dialektikada mavhum- 
lik keng ma’noda bilimning «qashshoqligi», bir tomonlamaligi, 
konkretlik esa uning to‘liqligi, mazmundorligi sifatida tushuni- 
ladi. Shu ma’noda mavhumlikdan (abstraktlikdan) konkretlik- 
ka o‘tish ilmiy bilish jarayonining umuman olganda kam maz- 
munii bilimdan ko‘proq mazmunli bilimga harakatini bildiradi. 
Tarix falsafasida dialektikaning turli talqinlari ilgari surilgan: di­
alektika. Turmushning abadiy shakllanib borishi va o‘zgarib turi- 
shi, beqarorligi haqidagi bilim (Geraklit); Muloqot san’ati, fikrlar 
qarama-qarshiligi orqali haqiqatga erishish (Suqrot); Narsalar- 
ning yuksak mohiyatini (idealligini) anglash maqsadida tarkib- 
larga ajratish va tushunchalarning aloqadorligi hamda ularning 
o‘zaro bog‘liqligini shakllantirish uslubi (Platon); Qarama-qar- 
shiliklarning bir-biriga mos kelishi, o‘xshashligi haqidagi ilm 
(N.Kuzanskiy, J.Bruno); Inson ongidagi to‘liq va absolyut (mut- 
laq) haqiqatni bilishga intilish jarayonidagi ziddiyatlar va qara- 
ma-qarshiliklardan qocha olmagan holdagi chalkashliklarga sa- 
bab boladigan illyuziyalar (borliqni, voqelikni noto‘g‘ri idrok 
qilishdan hosil bo‘lgan soxta tushuncha, tasavvurlar)ni yo'q qilish 
(I.Kant) va boshqalar.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling