Metodologiyasi
Ideal — barkamol, mukammal. Ijtimoiy tarix
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy fanlar
Ideal
— barkamol, mukammal. Ijtimoiy tarix — XIX asrdan boshlab tarixchilar tomonidan tarixiy tadqiqotlarda oddiy odamlar va xalqning ahvolini o‘rga- nishga e’tibor qaratish boshlandi. Marksizm ta’limotida ishchi- lar tabaqalarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi. XX asrga ke lib, «annallar maktabi» ijtimoiy tizim va jarayonlarni o'rganishga kirishdi. XX asrning 60-yillarida E.Tomson tomonidan ishchi- lar tabaqasining kelib chiqish tarixining o‘rganilishi tarixiy tad qiqotlarda fanlararo yondashuvning imkoniyatlarini ko‘rsatib ber- di. Oila tarixi, ayollar tarixi o‘rganila boshlandi, odamlarning kundalik faoliyati va shaxsiy hayotini o‘rganishga e’tibor kuchay- di. Biroq XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi oxirlariga jamiyat hayoti tarixini o‘rganish jarayonida ko'pgina sohalar e’tibordan chetda qoldirilib, asosan sinfiy kurash masalalariga asosiy e’ti bor qaratilib, tarixning bir tomonlama o‘rganilishiga yo‘l qo‘yildi. Shuningdek, bu jarayonlardagi bir tizimlilik ham jamiyat hayo tini har tomonlama va atroflicha tadqiq qilishga imkon bermadi. XX asrning 90-yillaridan boshlab jami yat hayotini o‘rganishdagi tarixiy tadqiqotlarda bunday yondashuvlar inkor qilinib, uni har tomonlama tadqiq etishga kirishildi. Ijtimoiy fanlar — (Social sciences) — insoniyat va jamiyat- ning hayotini turli yo‘nalishlarda (sohalarda) o‘rganadigan fanlar majmuyi. Jamiyat hayoti va taraqqiyotining iqtisodiy soha bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganadi, statistikaning paydo bo‘lishi bilan faol rivojlana boshlagan. Bugungi kunda matematik modellash- tirishdan keng foydalaniladi. Tarixchi monetarizm, lasseferizm, D.Keyns nazariyasi va boshqa bilimlarni bilmasdan turib tad- qiqotlarni olib borishi samara bermaydi. Tarixchi bu soha tadqi- qida odamlarning yashash tarzi haqida to‘liq ma’lumot bera olishi mumkin bo‘lmagan jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlar kabi faqatgina iqtisodiy tahlil bi- langina cheklanib qolmasdan, demograflya, sotsiologiya kabilarni ham iqtisodiy soha tarixini o‘rganishga jalb eta olishi kerak. Induksiya — (lotinchada «inductio» — xulosa chiqarish, muayyan bir fikrga kelish; xulosa, natija, yakunlovchi fikr); da- lillardan (faktlardan) ayrim farazlarga qadar xulosalar chiqarish, farazlarga yo‘naltirilgan xulosalarni shakllantirish. Induksiyani ikki jihati, xususiyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ya’ni bi- rinchisi to‘liq induksiya bo‘lib, umumlashtirish yakuniy xulosa- ga ega bo‘lgan dalilar sohasi bilan umumlashtiriladi, ikkinchisi to‘liq bo‘lmagan induksiya bo‘lib, to‘liq yakuniy xulosalarga ega bo‘lmagan yoki oxiri yo‘q dalillar sohasi bilan umumlashtirila di. Induksiyaning ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisi ommabop, umumiy (enumerativ) bo‘lib, hisoblash, sanab o‘tish yo‘li bilan hosil qilinadi, bunda hodisalarning sabab-oqibatlilik bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaydi; ikkinchisi ilmiy induk siya (eliminativ) bo‘lib, istisno yo‘li bilan hosil qilinadi, hodisalar ning sabab-oqibatlilik bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar xulosalar chiqarishga yo'naltirilgan mazmunda aks ettiriladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling