Papirologiya
— paleografiya fanining bir tarmog'i bo‘lib, papi-
rus qog‘oziga yozilgan qadimiy qo‘l yozmalarni o‘rganuvchi fan.
Paraxronizm
— (yunon. parachronos, para — qarama-qarshi,
xilof
ravishda, chronos — vaqt) — xronologik xatolik, biror-bir
voqeaning sanasini aynan sodir bo‘lgan vaqtdan keyingi davrga
bog‘lab ko‘rsatish.
Plyuralizm
— borliqning yoki bilim asoslarining bir necha yoki
juda ko‘p mustaqil boshlang‘ichi mavjud deb da’vo
qiluvchi sox-
ta falsafiy ta’limot.
Pozitiv
— tajribaga, faktlarga asoslangan.
Pozitivizm
— XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ingliz
olimi O.Kont tomonidan ilgari surilgan. Pozitivistlar hamma
haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir,
falsafa
esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning kera-
gi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar.
Pozitivistlar aniq dalillarni qaror toptirish va ularni tavsiflab be
rish, dalillarni tekshirish va manb
alarm
tanqidiy tahlil qilishga
e’tibor
qaratishi kerak, deb hisobladilar. Pozitivistlarning fikri-
cha, jamiyatning taraqqiyot qonunlari bu tabiat qonunlarining
davomidir. Tarixchi pozitivistlar ilgari surgan uslublardan biri bu
tarixiy taqqoslash uslubidir. Asosiy kamchiliklari — pozitivistlar
tarixda hodisalarning ichki sabab-oqibat
aloqadorligi imkoniyat-
larini inkor qildilar va tarixchining asosiy vazifasi tarixiy hodisa
lar sodir bo‘lishining «Nima uchun sodir bo‘ldi?» degan savolga
emas, balki «Qanday sodir bo‘ldi?» degan savolga javob berishdan
iborat deb hisobladilar.
Pozitivistlar
— (pozitiv — tajribaga, faktlarga asoslanish). Pozi
tivistlar tarixni «pozitiv» bilimga aylantirishga harakat qildilar. Bu
tushunchaning mohiyati shundaki, pozitivistlar hamma haqiqiy,
pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir,
falsafa esa bunday
bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan
g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. Ular tarixiy da-
lillar
bilan qanday ishlash, manbalarni tahlil qilish bo‘yicha bir
qancha metodlarni ham taklif qilganlar.