Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Nazariya (teoriya) 
— (yunon tilidan «theoria» — ko‘rib chiqish, 
tadqiq etish) ta’limot, ilmiy tamoyillar (prinsiplar) tizimi (sis- 
temasi), qoidalar majmuyi, fikr, mulohaza, nuqtai nazar, naza­
riya. Fanning u yoki bu sohalaridagi asosiy g‘oyalar tizimi, vo- 
qelikning mohiyat jihatdan bog‘liqligi va qonuniyatlari haqida 
tolaqonli tasavvur qilish imkonini beruvchi ilmiy bilish shakli.
Neokantchilik 
— neokantchilaming qarashlaricha ijtimoiy 
hayotda hech qanday qonuniyatlar mavjud emas, tarixchining 
subyektiv xatti-harakatlari (boshidan kechirganlari, ko‘rgapn bil- 
ganlari) bilishning eng asosiy vositasidir, tarixiy dalillar — bilish-


ning asosiy dalillaridir deb hisoblaydilar. Fandagi (ilmdagi) ong, 
aql, idrok haqidagi (bunga tarixni ham qo‘shadilar) bilishning 
eng asosiy vositasi bu — tushunish va intuitsiya (sezgirlik)dir deb 
ko‘rsatadilar. Neokantchilarning ta’kidlashicha, tarix individual, 
alohida konkret holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi, tarix poeziyaga va 
san’atga yaqin bo‘lib, ko‘proq tavsifly xususiyatiga egadir.
Numizmatika 
(numismatics. Lotinchadan numisma — mone- 
ta, tanga) — yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, tangalar va tan- 
galardan iborat xazinalarni tarixiy, iqtisodiy, madaniy yodgor- 
lik sifatida o‘rganadi. Numizmatika shuningdek, Tangalarni zarb 
qilish ishlarini ham o‘rganadi. tangalar va ularning tarixini o‘rga- 
nuvchi yordamchi tarix fani sohasi, tangashunoslik. Qadimiy pul- 
larni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqti- 
ni tekshiradi.
«Numizmatika» termini o‘rta asrdan e’tiboran tanga pullar 
haqidagi fanning nomi sifatida ishlatila boshlandi. Tanga — bu 
belgilangan formadagi metall quymasi. U o‘zining og‘irligiga, 
qiymatiga, sifatiy tarkibiga ega bo£ladi va qonuniy muomala vosi­
tasi hisoblanadi.
Pullar, ular qanday ko‘rinishga ega bo‘lishdan qat’i nazar, qiy- 
mat o‘lchovi, muomala vositasi, xazina to'plash, to‘lov vositasi, 
jahon puli funksiyalarini bajaradi.
Numizmatika tanga va qog‘oz pullarning, orden va medal- 
larning yuzaga kelish tarixini o‘rganadi, shu asosda fanning tur­
li sohalariga, jumladan tarix va arxeologiya, siyosiy iqtisod, til- 
shunoslik va san’atshunoslikka oid masalalarni hal etish ishiga 
yaqindan yordam beradi.
Birinchi tanga pullar er.avv. XII asrga oid bo‘lib, ular das- 
tavval Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. 
Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga ko‘ra, bi­
rinchi oltin hamda kumush tangalar eramizdan oldingi VII asr- 
da Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan. Keyinchalik 
Qora dengiz bo‘yidagi ko‘pgina grek mamlakatlari va davlatlari- 
dagi yirik shaharlarda tanga pullar zarb etishgan. Demak, er.avv.


VII asrda tangalar 0 ‘rta Yer dengizi rayonlarida paydo bo‘lgan. 
Lidiya (kichik Osiyo — davlati) va Grek oroli Egina bu yerda 
chiqarilgan tanga pullarning vatani hisoblanadi. Keyinchalik u 
butun Elladaga va uning koloniyasi Eron, Italiyaga tarqaldi. Rus- 
cha «moneta» so‘zi aslida lotincha bo‘lib, Pyotr I davrida keng 
ishlatila boshlangan.
Qadimgi Rimda Yunna Moneta deb ishlatilgan. Xudo Yuno­
na sharafiga shunday deb nomlangan. Moneo ogohlantiraman
saqlayman, bashorat qilaman degan ma’nolarni bildiradi. Rim- 
liklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. 
Xuddi shu ibodatxona huzurida er.avv. IV asrning 2-yarmida 
Rimda birinchi marta pul chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yer­
da yalpoq, mis pullar — asslar zarb qilingan. Rim yozma man- 
balarida «moneo» termini bilan bir qatorda «numizma» termini 
ham uchraydi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling