Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Konsepsiya 
— tizimi (sistemasi)) — tushunishning aniq bir vo- 
sitasi bo‘lib, biron-bir narsaning (predmetning), hodisaning, ja- 
rayonning mohiyatini tushuntirib berish, izohlash, talqin qilish, 
ularning tizimli yoritib berishning asosiy nuqtayi nazari.
Korrelyatsion 
— o‘zaro bog‘liqlik, bog‘langanlik, munosabat- 
dorlik; tarix fanida voqealarning o‘zaro bogliqligi, o'zaro muno- 
sabatda bo‘lganligi.
Madaniyat tarixi 
- Madaniyatshunoslikning bir bo‘limi 
bo‘lib, aniq zamon va makon chegarasida mavjud bo‘lgan jami- 
yat madaniyatini o‘rganadi. Madaniyat tarixi tarixiy tadqiqotlar- 
ning an’anaviy va asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Shu o‘rin- 
da ta’kidlab o‘tish lozimki, madaniyat tushunchasining o‘zi bir 
necha talqinda mavjud bo‘lib, keng ko‘lamli tushuncha bo‘lgan- 
ligi sababli, faylasuflar va madaniyatshunoslar tomonidan bu 
tushunchaga aniqlik kirituvchi o‘nlab ta’riflar berib o‘tilgan. Ta- 
rixchilar tomonidan madaniyat tarixining tadqiqotlari jarayoni­
da bunday tushunchalarning deyarli barchasidan foydalanib o‘til- 
ganligini tarixiy tadqiqotlarda kuzatish mumkin.
Bugungi kunda yangi madaniyat tarixi shakllangan bo‘lib, 
uning asosini til, matnlar va narrativ tizimlar (semiotik yon- 
dashuv) tashkil etadi. Yangi madaniyat tarixi xalq madaniyati va 
elitar madaniyatning bir-biriga qarama-qarshiligini inkor qila- 
di. Bugungi kunda madaniyat tarixi bilan shug‘ullanish madani-


yat falsafasi va madaniyatshunoslik sohalarida birmuncha jiddiy 
tayyorgarlik va bilimlarga ega bo'lishni talab etadi. Ayni vaqtda 
yangi yondashuvlar esa yangi-yangi natijalarni berishi shubha- 
sizdir. Ko‘pgina tarixchilarning fikricha aynan madaniyat tarixi 
tarixi sintezning asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, vaholanki 
aynan ana shunday sintez vositasini shakllantirish va asoslab be- 
rishga ko‘pgina avlod tarixchilari tomonidan urinishlar bolgan.
Manbalar 
(manba) — o‘tmish haqida axborot tashuvchilar. In- 
soniyat o‘tmishi va jamiyat taraqqiyoti jarayonlari haqida ma’lu­
mot beruvchi va ularni bevosita aks ettiruvchi barcha moddiy 
va yozma ma’lumot beruvchilar. Manbalar bir necha turli bo‘li- 
shi mumkin: Yozma (belgili) manbalar; Moddiy manbalar; Et- 
nografik manbalar; Xalq og‘zaki ijodiga oid manbalar; Lingvis- 
tik (tilshunoslikka oid) manbalar. Tarixiy manbalar — har qanday 
tarixiy tadqiqotlarning asosini tashkil qiladi. Manbalarsiz va 
ularni o‘rganmasdan turib jamiyat taraqqiyoti tarixini ilmiy bi- 
lishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Manbalarning miqdori chega- 
ralanmagan (cheksiz), biroq ularning bugungi kungacha saqlanib 
qolgan turli davrlarga oid qismlari va o‘sha davr haqida ma’lumot 
beruvchi miqdori bir xilda emas. Davr qanchalik qadimiy bo‘lsa, 
manbalar miqdori shunchalik kamayib boradi. Tarixiy man­
balarning barchasi shartli ravishda 6 turga bo£linadi: 1. Yozma 
manbalar. 2. Moddiy manbalar. 3. Etnografik manbalar. 4. Ling- 
vistik manbalar. 5. Og‘zaki manbalar. 6. Kino (tasvirli) — fono 
(ovozli) — foto (suratli) manbalar. Manbalarning tasniflanishi, 
kelib chiqishini va yaratilishini o£rganish, mualliflari, haqiqiyligi 
va ishonarliligi, to‘liqligi kabi bir qator jihatlarini manbashunos- 
lik fani o‘rganadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling