Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konkretlik — aniqlik, fikrning aniqligi. Konkretlik (konkret)
Kvantativ tarix
— («quantity» — miqdor) tarixiy tadqiqotlar- da miqdoriy (matematik) uslublarning qo‘llanilishi va tarix fani tarmoqlari bo‘yicha xulosalarga ega bo‘lish bilan bog‘liq tu shuncha. Klassifikatsiya-tasniflash — Tarixiy jarayonlarni, voqealarni, hodisalarni, ularning borishi va tarkibiy qismlarini tasniflash. Tadqiqot obyektlarini alohida jihatlariga asosan (turi, shakli, davri va boshqalar) hamda boshqalarining mohiyatiga ta’sir et- maydigan umumiy belgilariga asosan guruhlarga ajratish. Klassi- fikatsiyalashning yana bir shakli tipologiya hisoblanaai. Konkretlik — aniqlik, fikrning aniqligi. Konkretlik (konkret) — (lotinchadan «concretus» — zichlan- gan, to‘liq) falsafiy kategoriya bo‘lib, ikki ma’noda qollaniladi: ya’ni, bevosita ma’lumotning o‘zi sifatida, ilmiy aniqlashtirish- larning tizimi sifatida, narsalar (buyumlar) ning mohiyatan alo- qadorligi hamda o‘zaro bog‘liqligi hamda hodisalar rivojlanishi- ning qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlovchi sifatida tushuniladi. Dialektikada konkretlik abstraktlikka qarama-qarshi ma’noda bo£ladi, nazariy bilish ham abstraktlikdan konkretlikka yo‘nal- tirilgan (ko‘tarilgan) holda amalga oshiriladi. Kontent-tahlil — matnli ma’lumotlar mazmunini ijtimoiy an’analarni aniqlash va o‘lchash maqsadlaridagi jiddiy tadqiqot bo‘lib, bu uslub bir qancha manbalarni baravar o‘rganish vaqtida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda tadqiq etilayotgan axborotning dast- labki o‘rganish bosqichida qoManiladi. Mazkur uslubning rivoj- lanishi sotsiologik tadqiqotlar bilan bog‘liq, biroq kontent-tahlil uslubi matnlarni chuqur o‘rganish lozim bo‘lgan barcha jara- yonlarda qollanilishi mumkin. Kontent-tahlil uslubining aso siy maqsadi — o'rganilayotgan hujjatlardagi axborotni o‘rganib, ma’lumotdagi ijtimoiy kontekstni aniqlashga yo‘naltirilgan. Kon tent-tahlil uslubining ustunlik jihati tadqiqotchining o‘rganila- yotgan obyektga ta’sirini cheklaydi, olinayotgan ma’lumotlarning yuqori darajadagi ishonchliligi (chunki hujjatlarni bir necha bor qayta tekshiruvlardan o‘tkazish mumkin va boshqa hujjatlar bi lan solishtirib ko‘rish imkoniyati bor), ijtimoiy-psixologik hodi- salarni o‘tmish hujjatlariga asoslangan holda tarixiy nuqtayi na- zardan o‘rganish imkoniyatining mavjudligi. Kontent-tahlil uslubining imkoniyatlari: ustuvor ijtimoiy yo‘nalishlarni aniqlash va tahlil qilish; manbaning eng nozik jihatlarigacha aniqlik kiritish imkoni yati; turli tushunchalarning takrorlanish darajalarini aniqlash; matnda mavjud xususiyatlardan kelib chiqqan holda muallif- ning manbani yaratishdagi nuqtayi nazari, yondashuvi va pozitsi- yasiga tadqiqotchining e’tiborini qarata olish. kontent-tahlil uslubining tadqiqot bosqichlari: hujjatlar tahlili uchun dasturlarni tayyorlash (vazifalar, tu- shunchalar, farazlar va boshq.); tanlovni shakllantirish; muayyan aniq tahlilning usullarini ishlab chiqish; uslublani tekshiruvdan o‘tkazish, uning samarali ekanligiga ishonch hosil qilish; dastlabki axborotlarni yig‘ish; to‘plangan materiallarni miqdoriy tahlil qilish. Qoiga kiritilgan natijalar va xulosalarni interpretatsiyalash lo- tin tilida «conceptio» — tushunish, qarashlar Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling