Metodologiyasi
Diaxron uslub (davrlashtirish uslubi)
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy tarix
Diaxron uslub (davrlashtirish uslubi)
— tarixiy tadrijiylik aso- sida tadqiqotning amalga oshirilishi, tarixiy voqelarni ketma-ket, bosqichma-bosqich rivojlanishi bo£yicha tadqiqot amalga oshiri- ladi. Vaqt bo‘yicha jarayonlarning eng ahamiyatli xususiyatlari, yangi bosqichlarning, davrlarning shakllanish holatlari aniqlanib, jarayonlarning boshlanish davridagi va yakuniy davridagi ho- latlari solishtirilib, taqqoslanadi, taraqqiyot va rivojlanishning umumiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Davrlarning ahamiyatga mo- lik jihatlarini aniqlash uchun davrlashtirish mezonlarini aniq va ravshan belgilab olish va bunda albatta jarayonning sodir bo‘lishi- dagi obyektiv sharoitlar va jarayonning o‘zini inobatga olish zarur. Davrlashtirishning bir mezonini boshqa bir mezon bilan almash- tirish mumkin emas. Ayrim hollarda u yoki bu voqea va jarayon yoki bosqichning boshlanish sanasini aniq ko‘rsatish imkonsiz bo‘lib qoladi, chunki jamiyatdagi barcha jarayonlarning chega- ralari harakatlanuvchi va ayni vaqtda shartli holda belgilangan- dir. Bu tadqiqot jarayonida barcha jarayonlar va voqealarning turli xususiyatlarga egaligi, bir taxlitda sodir bo'lmasligi va vaqt nuqtayi-nazaridan kelib chiqqan holda ularni aniq bir «qolip»ga solib chegaralab qo‘yish maqsadga muvofiq emas va tarixchi tad qiqot jarayonida bu jihatlarni albatta inobatga olishi zarurdir. Qa- chonki bir nechta tizim va mezonlar mavjud bo‘lib, ular tadqiqot- ga jalb etilsa, tarixiy bilish jarayonining ko‘lami va mazmunan boyligi ham ortib boradi. Diniy tarix — tarix fani sohalari va tarmoqlari orasida eng das- tlabki yuzaga kelgan tarmoqlardan biri diniy tarix sanaladi. Diniy soha va jamiyat hayotining bu soha bilan bog‘liq jihatlariga yetar- li baho berilmasligi umumiy holatning noto‘g‘ri talqiniga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda bu sohaning ikki muhim jihati borki, buni tarixchilar teologiya yo‘lidan borish (yoki voqelikka diniy nuqtayi nazardan yondashuv) yoki aksincha diniy g‘oyalarni butkul inkor qilish, deb ko‘rsatadilar. Hattoki Yevropa tarixchilarida biror-bir dinga e’tiqod qiluvchi tarixchi tarixiy jarayonlarni yaxshi tushu- nadi, degan tushuncha ham shakllangan edi. Biroq bu tushun- cha o‘zini oqlamadi va bugungi kunda diniy tarixga (din tarixiga) intellektual tarix va ijtimoiy tarixning ajralmas bir qismi sifatida yondashila boshlandi va ayni vaqtda tarixchi avvalgi davrlar tari- xini o‘rganish jarayonida bu sohaga oid ma’lumotlarni ham e’ti- borga olishi kerak boMadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling