Metodologiyasi
Geraldika atamasi lotincha «heraldus»
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Geraldika atamasi lotincha «heraldus»
— jarchi so‘zidan kelib chiqqan. Polyakcha «herb», nemischa «erbo» atamalari meros va merosxo‘r ma’nolarida qo‘llanilgan. Geraldika gerblar va ular ha- qidagi bilimlar tizimidir. Gerb biron-bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos ta- biiy va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tavofutlarini, shaxs, urug‘ va boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgidir. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini: gerb, tamg‘a, muhr, nishoniarni hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‘rganadi, milliy an’analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlara- ro iqtisodiy va madaniy aloqalarni o‘rganishga yordam beradi. Gerblar tarixiy bilimlarning ko‘plab sohalari: diplomatiya, sfra- gistika, numizmatika va boshqalarda o‘ziga xos manba vazifasini bajaradi. Geraldika vujudga kelgan ittifoqlar, hududiy o‘zgarish- lar, sulolaviy nikohlarni aks ettirgan holda siyosiy tarix haqi- da, hukmron tabaqa o‘rtasidagi demografik jarayon va boshqalar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bera oladi. Nafaqat siyosiy va ij timoiy tarix sohasida, balki o‘rganilayotgan davrning psixologik muhitini qayta tiklashda ham geraldik materiallardan samara- li foydalanish mumkin. Masalan, o‘rta asrlar xronikasi, siyosiy va badiiy adabiyotida gerblar tavsifi ko‘p uchraydi. Ular umuman o‘sha davr mentaliteti yoki turli toifalar mentalitetiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida aks ettiradi. Gipoteza (faraz) — (yunon tilida hypothesis — asos, taxmin, mo‘ljal, gumon, «hypy» — tagida, pastda, ostida, «thysis» — ho- lat, ya’ni biron-bir voqeaning asosida yotuvchi — sabab yoki mo- hiyat). Bilish nazariyasida u yoki bu tarixiy jarayon yoki voqea va hodisalar haqida taxminlarni mulohaza qilish va hukm chiqarish shaklida ifodalash. Ilmiy faraz — tarixiy jarayonlar yoki hodi- salarning qonuniyatlar yoki sababiyatlar orqali bog‘liqligini tax min qilish. Har qanday ilmiy faraz bilishga bo‘lgan ehtiyojni aks ettiruvchi, ya’ni bilmaslikdan bilishga (bilimsizlikdan bilimga) yo‘naltirilgan bilishga oid savoldan boshlanadi. Faraz ilmiy bo‘li- shi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: Tekshirish va aniqlashtirish imkoniyati mavjud boiishi ke rak, ya’ni tadqiqot jarayonida deduksiya yo‘li bilan ajratib olin- gan tarixiy hodisa yoki jarayon oqibatini tajribalar natijasiga ko‘ra, kuzatishlarga asosan, mavjud faktik materiallarga asosan tek- shirish imkoniyati mavjud bolishi lozim. Oldindan ko‘ra bila olish kuchiga ega bo‘lgan yetarli darajadagi umumiylik kasb etishi, ya’ni jarayonning sodir bo‘lishidagi hodisalarni tushuntirib berishgina emas, balki u bilan bog‘liq barcha hodisalarni tushuntirib bera olishi va ayni vaqtda noma’lum bo‘lgan hodisalar haqida ham xu- losalar chiqarish uchun asos vazifasini bajarib berishi kerak. Mantiqiy jihatdan bir-biriga zid mazmunda boimasligi kerak. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling