Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati: Tadqiqot obyekti
Tayanch tushunchalar:
tadqiqot mavzusi, g‘oya, maqsad, obyekt, tadqiqot, tadqiqotning predmeti, ilmiy natijalar, rejalashtirila- yotgan ishlar, tadqiqot usullar, tadqiqotni amalga oshirish bos- qichlari, vazifalar, asosnoma, reja, xulosa. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Mavzu tanlashning asosiy tamoyillari. 2. Mavzu tanlashning vazifalari. 3. Mavzu tanlashning xususiyatlari. 4. Mavzu tanlashning metodologik tamoyillari. 5. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari. 6. Ilmiy ishlarni yozish usullari. 7. Tadqiqotning kirish qismidagi tarkibiy qismlarni tushunti rib bering. 8. Mavzuning dolzarbligini belgilab beruvchi asosiy omillar. Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati: Tadqiqot obyekti — o‘tmishga aylangan tarixiy voqelikka nis- batan yoki ayni kunlardagi jarayonlarni o‘rganishga nisbatan qo‘llaniladigan tadqiqot jarayonining tarkibiy qismi. Tadqiqot predmeti — tadqiqot obyektining tarkibiy qismi Tamoyillar — tadqiqotchiga nisbatan qo‘yilgan talablar. Bilish tamoyillari tadqiqotchiga tadqiqot jarayonidagi vazifalarni bir maromda ma’lum tartiblarga asoslangan holda amalga oshirishi- da zarur bo‘ladigan omillardir. Ular tadqiqotchining u yoki bu tarix maktablari, falsafiy yo‘nalishlarga mansubligi va dunyoqa- rashi, fikrlashi va tafakkuridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tamoyillar uslublar bilan mustahkam o‘zaro bogliqlikda bo'lgan- ligi uchun ayrim hollarda ularni bir-biri bilan adashtirish holat- lari ham uchraydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish o‘rinli- ki, tamoyillar uslublarga nisbatan birmuncha murakkab va keng tushuncha bo‘lib, bir tamoyil o‘ziga bog‘liq holda bir necha uslub larni shakllantirishi mumkin, ayni vaqtda esa bir uslub bir necha tamoyillarga xizrnat qilishi mumkin. / XULOSA XX asr davomida dunyo avvalgi davrlarga nisbatan misli ko‘ril- magan darajada shiddat bilan taraqqiy etdi va bu jarayonlarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil sifatida albatta ilmiy taraqqiyot- ni e’tirof etish mumkin. So‘nggi o‘n yilliklarda zamonaviy profes sional tarixshunoslik va ilmiy tarixiy madaniyatning yangilanib borishi jarayoni sinfiylik determinizmidan voz kechilishi va aso siy umumiy qonuniyatlarning rivojlanishi bilan amalga oshmoq- da. Ayni vaqtda bu o‘zgarishlar fanning o‘ziga ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi, ya’ni fanning shakllanishi jarayonidagi dastlabki vaqt- larga nisbatan o‘tgan asrning oxirgi yillarigacha vaqt mobayni- da fanning ichki sohasidagi va fanga nisbatan yuzaga kelgan ko‘plab ilmiy-falsafiy qarashlar, turli maktablarning shakllani shi tarix fani va Tarix fani metodologiyasi sohalarida ilmiy mu- rakkabliklarni va ayni vaqtda mukammalliklarning ham yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatdi. Dunyoning o‘zgarib borishi va jamiyat hayotining yangilanib borishi bilan birga fan sohasida ham bir qator yangilanishlar amalga oshib bormoqda. Fan sohasidagi bir qator ilmiy-nazariy qarashlarning takomillashib va ayni vaqtda mukammallashib borishi o‘z navbatida fan sohasidagi muammo- larning yangicha tushunilishiga, shuningdek, fan va uning ilmiy tadqiqotlari sohasida, ayni vaqtda ilmiy tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslarida sifat jihatdan o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa tarix fanining ham boshqa fanlar kabi taraqqiy etib borishidan dalolat beradi. Tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda va ularning ilmiy tad qiqot malakasini shakllantirishda tarix fanining turli tadqiqot uslublari va yondashuvlari haqida yetarli bilim berish bugungi kun tarix o‘qitishning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Maz kur qo‘llanmada e’tiboringizga havola etilgan tarix fani tadqiqot uslublari, tadqiqotlar jarayonidagi falsafiy yondashuvlar, mak- tablar, ularning vakillari tomonidan ilgari surilgan bir qator fikr- larga oid va umuman tarix faniga oid yuzdan ortiq term inlar va ularning qisqacha izohli sharhlari bilan tanishib chiqdingiz. Bun da keltirilgan ayrim yondashuvlar bugungi kunda o‘z ahamiyati- ni yo‘qotgan yoki boshqa samarali tadqiqot uslublariga o‘z o‘rn ini bo‘shatib bergan va bunday falsafiy yondashuvlar haqida ham umumiy tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Mazkur qo‘llanmada keltirilgan m a’lumotlardan foydalangan holda har bir tadqiqotchi yoki tarix mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar tarixga oid asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish- ni, o‘zlashtirish uslublarini bilish, tarix tadqiqoti sharoitida zarur boMadigan ilmiy-bilish nazariyasi, tarixni o'rganish va anglash tamoyillari uslublari bilan tanishish hamda ularni tadqiqot ja- rayonlarida qo‘llash haqida ma’lum tushunchalarga ega boldilar, deb urnid qilamiz. Hozir mustaqil yurtimiz hayotining barcha sohalarida tub islo- hotlar, yangiliklar jadal ro‘y bermoqda. Tarixchi tadqiqotchi ham tadqiqotlarga yangicha ko‘z bilan qarashi, ularning ortidan er- gashmasligi, fikrni isloh qila bilishi, tadqiqotda vatanimiz tarixi muammolari ko‘rilayotgan bo‘lsa, milliy g‘oya tamoyillari nuqtayi nazaridan yondashib, o‘zi kashf etgan tarix saboqlarini ko‘rsata bilishi kerak. U shunday xolisona ish yozishi kerakki, bu jihatdan uning ilmiy xulosalari asrlar davomida ham ahamiyatini yo‘qot- masligi, buning uchun esa tarixiy jarayonlar haqqoniy ko‘rsati- lishi kerak. Tadqiqotchilar yosh avlodni vatanparvarlikka, ularda milliy g‘urur uyg‘otishga xizmat qilishi, ajdodlarimizning ishla rini davom ettirishga undashi lozim. Xolisona tadqiqot yoza bilish tadqiqotchining mukammal bi- lim egasi ekanligi va m a’naviy komilligini ko'rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling