Metodologiyasi
Awalgi mavzularda tarixchining zamonaviy texnologiyalardan foydalangan
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Awalgi mavzularda tarixchining zamonaviy texnologiyalardan foydalangan
holda tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida ulardan foydalanish afzalliklari haqida gapirib o ‘tildi. Shu o ‘rinda bu yerda keltirilayotgan qog‘ozlar, jildlar va boshqalami ayni vazifalardan kelib chiqqan holatda elektron shaklda ham shakllantirish mumkin va bu shakllaming o ‘z o'rnida bir qator afzalliklari va ishlash jarayonidagi qulayliklari mavjud. Qarang: mavzu — «Tarix fani tadqiqotlari va zamonaviy texnologiyalar». tahlili amalga oshirilgandan so‘ng tadqiqotchida manbalar va il miy tadqiqot ishlari, adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Adabiyotlarni bir-biriga solishtirib ko‘rish va taqqoslash, qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy tadqiqot obyekti uchun ham da tadqiq etilayotgan masalaning yechimini topishga jalb etilishi mumkin bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarining eng zarurlari hamda umumiy xulosalar uchun kerak boMishi mumkin bo‘lgan holda tasniflash va ajratib olish mumkin bo‘ladi. Tahlil etilgan ilmiy adabiyotlar bilan tanishish asnosida tad qiqotchi ilmiy tadqiqot mavzusi va uni amalga oshirishning re- javiy vazifalaridan kelib chiqqan holda alohida adabiyotlarni (manbalarni) yoki ayni vaqtda bir adabiyotda (manbada) mav jud bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida turli rejalarga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni tasniflashi va rejalarga asosan tartibga olish im- koniyati yuzaga keladi. M anbalarda yoki ilmiy adabiyotlarda mavjud bo‘lgan m a’lu motlar, axborot va m anbalar m ualliflari tom onidan keltirilgan dalillar tadqiqotning mavzusi, uning muammosi yechim ini to pishga yo‘nalganlik darajasiga ko‘ra tadqiqotchining fikrlari bi lan mos kelishi yoki ayni vaqtda uni inkor etishi ham mumkin. Bunday holatda tadqiqotchi uchinchi manbalarga ham muro- jaat qilishi ham da masalaning mohiyatidan kelib chiqqan hol da eng to‘g‘ri, ilmiy asoslangan va obyektiv xulosalarga kelishi talab etiladi. Tadqiqotchining mantiqiy fikrlar yechimi ish ning yutug‘ini oshiradi. Tarixiy manbalarda qaysidir mavzu- lar to‘liq yoritilgan, qaysisidir kam yoritilgan yoki um um an u haqda m a’lumot yo‘q. U shunda boshqa m a’lumotlarga tayanib fikrni to‘ldirib ketishi mumkin. Masalan, A m ir Temurning harbiy qurollari o‘z davrining mukam m al qurollari edi, bi roq ularni ishlab chiqarish xususida manbalarda m a’lumotlar kam yoki yo‘q. Shunda tadqiqotchi bu davrdagi qurolsozlikning san’at darajasiga ko‘tarilgani, ayniqsa poytaxt qurolsozlik mar- kazi bo‘lganligini yoki taxm inlarni ishda aytib o‘tishi mumkin. Bo‘lim oxirida esa umumiy xulosa va takliflar beriladi. Odatda asosiy qism yozib bo‘lingach, kirish va xulosa yozish maqsad- ga muvofiqdir. Ishning kirish qismida asosnomada ko‘rsatilgan holatlardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ishning rejalar bo'yicha, boblar bo‘yicha va tadqiqotning umumiy natijalari va mazmunidan kelib chiqqan holda ilmiy jihatdan xulosa qilinadi. Tadqiqotning xulosa qismida esa tadqiqot jarayonida qoiga kiritilgan ilmiy yangiliklar, ularning tadqiqot obyekti mazmu nidan kelib chiqqan holda muammoning hal etilgani va ayni vaqtda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalarning fan taraqqiyotidagi o‘rni, fan yuzasidan yangi ilmiy tadqiqotlarning yo'lga qo‘yilishi uchun tavsiyalar, uning ta’lim sohasidagi jihatlariga alohida e’ti- bor qaratiladi. Tadqiqot rejasini tuzish jarayonida ishning navbatdagisi va asosiylaridan biri — maqsadga yetilishi uchun qo‘llaniladigan m etodlar majmuyi ham da ularni qo‘llash tartibi belgilab olina- di. Bu ancha murakkab ish bo‘lib, izlanuvchidan tadqiqot jara- yonini ko‘z oldiga yaqqol keltirishni talab etadi. Shuning uchun referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik disser- tatsiyasining rejasini tuzishda va yozishda ilmiy rahbarning ko‘rsatm alari katta o‘ringa ega. Ish rejasining muvaffaqiyatli tuzilishi tadqiqotchining malakasi, dunyoqarashi va adabiyot- larni nechog‘lik chuqur o‘rganganiga bog‘liq. Ish rejasi mavzu- lar asosida mantiqiy yoki davriy tartibda ham tuzilishi mumkin. Bunday rejalar asosan dissertatsiyalar dQirasida shakllantirila- di. Shuningdek, ish rejalari boshqacha usullarda ham tuzili shi m um kin. Maqolalar, referat, kurs ishi, bitiruv ishi, magistr lik, nom zodlik va doktorlik dissertatsiyalarida rejalar oldindan murakkablashib boradi va unda qo‘yilgan masalalar ham ko‘la- mi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ish murakkablashib borgani sari ulardagi mavzu va muammolarning nazariy tomonlari- ga ko‘proq e’tibor beriladi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar o£rga- nib bo‘lingach, o‘rganilishi lozim deb topilgandan so‘ng ilmiy konsepsiya tuziladi va asosiy masalalar ish rejasiga kiritiladi. Umuman adabiyotlar bilan tanishish tadqiqot ishining boshidan boshlab, oxirgacha davom etadi. Shuning uchun ilmiy ish reja- si ham aniqlanib, mukammallashtirib boriladi. Dastlab manba va adabiyotlardan yig'ilgan dalillar mavzuga aloqador natijalar- ga qo‘yib boriladi. Uzoq m uddatli izlanish natijasida papka- lar ham ancha to ‘lib qoladi. Adabiyotlar bilan ishlash asnosida izlanuvchida m a’lum ishga ilmiy qarashlar shakllanadi va u har bir papkadagi dalilni tizim lashtiradi. Dalillar davomiy va davriy joylashtirilib, ularni tizimlashga kirishiladi. Biroq mavzu faqat- gina dalilning o‘ziga suyanib qolmasligi kerak, ular asosida yan- gicha nazariy xulosalar kelib chiqishi va bu xulosalar amaliyot- ga tatbiq etilishi zarur. Ish yangicha tadqiqotlarga takliflar va yo‘nalishlar berishi kerak bo‘ladi. Tadqiqotchi qaysi masala tad- qiqotchilar nazaridan chetda qolgan va qaysi masalalarni chuqur o‘rganish kerakligini farqlay olishi kerak. Tadqiqotchi izlanish- lari davomida ilmiy ish rejasiga o‘zgartirish kiritishi ham mum kin. Bu yig‘ilgan dalillar va m asalalarning nechogliq to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilganligiga bog‘liq. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling