Metodologiyasi


Nazariyaning tarixiy tadqiqotlardagi o‘rni


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Nazariyaning tarixiy tadqiqotlardagi o‘rni
Tarixiy voqealarni tushuntirishda tarixiy nazariya hal qiluvchi 
o‘rin egallaydi. Tarixda nazariya tushuncha asosidagi bogliqlikni, 
g‘oyalar va qonunlarni hamda dalillar (faktlar)ni umumlashtirib, 
ularni tushuntirib beradi. Nazariyada dalil (fakt)lar o‘z holicha 
mavjud bolm asdan, tushuncha holida mavjud bo‘ladi. Bunda yu­
zaga keltirilgan g‘oya dastlabki umumlashtiruvchi omil sifatida 
namoyon bo‘ladi. Nazariyalarning tuzilishi va mukammalligi ak- 
sariyat hollarda tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan model- 
larning ishlanmasi va ayni vaqtda uning ijodiy barkamolligi ham ­
da bilimining yuqori darajada ekinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazariya tadqiqot vazifalarining qo‘yilishini aniqlashda, tad­
qiqot jarayonini amalga oshirishga yo‘naltirilgan manbalar va da- 
lillarni tanlashda qo‘llanilib, muhim metodologik vazifalarni ba- 
jaradi. Nazariyani faqatgina faktlarga tayangan holda va unga 
asoslanib shallantirish mumkin emas. Deduktiv yo‘l bilan naza-


riyani faktlarga bogiash mumkin, biroq faktlar yordamida naza- 
riyani tahlil qilishni amalga oshirish mumkin emas. Mantiqchi- 
larning qarashicha, nazariya murakkab tizim bo‘lib, uni to‘liq 
isbotlab berish va ayni vaqtda uni to‘liq inkor qilish ham mumkin 
emas, chunki hamma vaqt nazariyani qo'llab-quvvatlovchi ham ­
da ayni vaqtda uni inkor qiluvchi faktlar mavjud bo‘ladi. Har qan­
day nazariya asosan aniq hodisalarga bogliq bo‘lib, uni boshqa 
hodisalarga hamma vaqt ham qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Tarix fani metodologiyasida barcha tarixchilar tomonidan 
birdek qabul qilinadigan va e’tirof etiladigan tarixiy jarayon- 
larning yagona aksiomatik nazariyasi mavjud emas. Tarixchilar 
kamdan kam hollarda o‘z nazariyalarini ishlab chiqadilar, tad­
qiqot jarayonida ayrim hollarda ular sotsiologiya, antropologiya 
va boshqalarga xos modellarni ham qo‘llaydilar.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling