Metodologiyasi


Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv va


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv va 
empirik darajasini aniqlash
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bosqichlardagi tadqiqot faoliyati 
amalga oshirilgandan so‘ng tadqiqotning asosiy bosqichlaridan 
biri, ya’ni tarixiy voqelikni voqealari va hodisalarini tadqiq etish 
boshlanadi. l.Kovalchenko bilishning ikki darajasini, ya’ni em­
pirik bilish va nazariy bilishni alohida ajratib ko‘rsatadi.
Empirik bilishda tarixiy hodisalarni bilish anglansa, nazariy 
bilishda tarixiy voqelikning mohiyati ochiladi va nazariy bilim 
shakllantiriladi. Bilishni bunday tarzda ajratilishi shartli ravish­
da boTib, tarixchining tadqiqot amaliyotida ular aralashib ketadi, 
ya’ni birinchi holatda tarixchi nazariy bilimlarsiz tadqiqotga yon- 
dasha olmasa, ikkinchi holatda empirik materiallarsiz tadqiqot- 
ni amalga oshira olmaydi. Biroq shu narsa aniqki, ikki holatga 
ham me’yordan ortiq moyillik bildirish, ya’ni umumlashtirish- 
ga irnkon bermaydigan va umumiy xulosalarning chiqarilishini 
to‘laqonli ta’minlay olmaydigan faktlar hamda dalillarni yig'ish 
va ularni tadqiqotga jalb qilish sifatida empirik yo‘lni tanlash yoki 
aksincha, tarixiy dalillardan ajralib qolgan holda sotsiologik tahlil 
yoii bilan tadqiqotga yondashish tarixiy tadqiqotning ahamiyati- 
ni pasaytirib yuborishi mumkin.
Tadqiqotning maqsadidan hamda mavjud ilmiy farazlardan 
kelib chiqqan holda empirik darajada tarixiy voqelikning hodi­
salar kolam i, ilmiy dalillarni aniqlashtirish va tizimga solish 
aniqlanadi. Bunda tarixiy tadqiqotdagi faktlar va dalillar o‘zi- 
ga xos xususiyatga va mazmunga ega bo‘ladi, biroq keyingi ja- 
rayonlar uchun mos kelmasligi mumkin. Tarixchi o‘z ixtiyori- 
da boMgan m a’lumotlarni u yoki bu ilmiy kategoriyalarga yaqin 
keltirgan holda tasniflab chiqadi, tarixiy voqelik, hodisalar va 
jarayonlarni ifoda etuvchi dalillar va faktlarni aniqlaydi. Em­
pirik dalilar tizimga solinadi, taqqoslanadi, qiyosiy tahlil etila- 
di. Bilish obyektini o‘rganish uchun dalillar tizimi zaru^ bo‘ladi 
va bunda dalillar tizim ining taxminiy ta’minotini, manbalarini


shakllantirish zarur bo‘ladi. Bu jarayonda yashirin ma’lumotlarni 
mantiqiy ajratib olish, intuitsiya, tasavvur qilish, zakovat hamda 
tarixchining mavjud bilimlari muhim o‘rin tutadi va uni amal- 
ga oshirish uchun yordam beradi. Shu holatda ham dalillar tad- 
qiqotni amalga oshirish uchun yetarli darajada bo‘lmasa, u hol­
da tadqiqot vazifalarini qaytadan tahrir qilish yoki bu tadqiqotni 
amalga oshirishdan voz kechish kerak. Ayrim hollarda manbaviy 
asoslari yetarli bo‘lmagan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoni­
da nazariy darajadagi abstraktlangan mantiqiy tahlil ham yordam 
berishi mumkin.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling