Metodologiyasi
Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi
Tarix fanida tarixiy tadqiqotlarning yakuniy maqsadi haqidagi bahslar mavjud bo‘lib, har qanday fanda bu maqsad — tushunti rish deb ko‘rsatiladi. Biroq, V.Dilteyning fikricha, tarixchi tarixni tushuntirib bera olmaydi, uni faqat tushunishi mumkin. XX asrda shunday xulosa shakllandiki, unga ko‘ra tarixchi tarixiy voqealarni tasvirlash va tavsiflash bilangina cheklanib qolmasdan, balki uni tushuntirib berishi lozimdir. K.Gempel tarixiy voqelikni ilmiy tushuntirish uni qandaydir qonuniyatga bog‘liq qilib qo‘yadi, degan xulosa berdi. Albatta, bu aniq va yax- lit bir tarixiy jarayonni tushuntirib berish emas, balki uni biror- bir nuqtayi nazardan yondashib tushuntirishdir. K.Gempel bilan bu borada munozaraga kirishgan U.Drey u yoki bu odamlar xat- ti-harakatlari yoki faoliyatlarining maqsadga muvoflqligini dalil lar asosida tushuntirib berishni himoya qilib chiqadi. Bulardan tashqari tushuntirishning boshqa shakllari ham mavjuddir. 1. Sabab-oqibatga bog‘liq holda (favqulodda yuz beradigan, tasodifan sodir bo‘ladigan) tushuntirish, bunda inson faoliyati natijasida voqealar sodir bo‘lishining obyektiv va subyektiv sa- bablari ochib beriladi. 2. Genetik tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohi- yati ularning vaqtdagi ifodasida yoki vaqtga bog‘liq holda aks etishi orqali tushuntirib beriladi. Genetik tushuntirish tarixiy voqealar va tarixiy jarayonlarning sodir bo'lishini tushuntirib beradi. 3. Tizimli tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohiya- ti ijtimoiy tizimlar tahlili orqali ochib beriladi, tizimli-tashkiliy belgilar, tizimning elementlari va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanadi. 4. Vazifaviy tushuntirish, tizimli tushuntirishning boshqacha shakli bo‘lib, tizimning vazifaviy nuqtayi nazardan tushuntirish imkonini beradi. Tadqiqot boshlanishida tadqiqotning farazi (gipoteza (na zariy sxemasi)) ilgari suriladi. U tarixchining imkoniyati doirasi- da mavjud bo‘lgan tushunchalar va nazariyalar dalillari yorda- mida tekshirib chiqiladi. Agar bu fikrlar ilmiy jihatdan o‘z asosini topa olmasa, yangi faraz shakllantirilishi va yangi g‘oyalar pay do bo'lishi mumkin. Tushuntirishning tugallangan shakli tarixiy nazariya bo‘ladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling