Metodologiyasi
Fundamental va xususiy nazariyalar
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuntirishda tushuncha va kategoriyalarning o‘rni.
Fundamental va xususiy nazariyalar
Fundamental nazariyalar bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bog‘liq nazariyalar, sivilizatsiyalar nazariyasi, tarixiy jarayonlarning davriy (siklik) nazariyalari, modernizatsiya nazariyasi va bosh- qalardir. Xususiy nazariyalar esa o‘rta asrlar shaharlari nazariyasi, im- periyalar nazariyalari kabi bo‘lib, alohida hodisalarga yo‘naltiril- gan bo‘ladi. Tadqiqotlar jarayonida aholi mobilligining sotsiologik nazariyasi, konfliktologiya va boshqa bir qancha nazariyalar ham qo‘llaniladi. Nazariyada uning predmetga bog‘liqligi, to‘liqli- gi va mukammalligi, aynan bir xillikka moslik va tenglik da- rajasi (adekvatnost), interpretatsiyaga moyilligining darajasi va uning tekshirilishi imkoniyati darajalari kabilar muhim ahami- yatga egadir. K.Popperning ko'rsatib o‘tishicha, har qanday naza- riyaning muallifi eng avvalo o‘z nazariyasini o‘zi inkor qilish- ga urinib ko‘rishi lozim (soxtalashtirish prinsipi), qachonki u o‘z nazariyasining qo‘llanilishi uchun yaroqliligini aniqlay olgandan so‘nggina uni amalda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Nazariya- ning aniq qo‘yilishi tadqiqotning natijasiga bevosita bog‘liq bo‘la- di, shuningdek bunda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar ham aynan nazariyaning mukammalligiga bog'liqdir. Bunda tad qiqot jarayonida aniqlangan faktlar, dalillar, voqealar o‘rtasidagi bog‘liqliklar va boshqa shu kabi omillardan kelib chiqqan holda amalda qo‘llanilayotgan nazariya boshqasi bilan almashtirilishi yoki uni qaytadan takomillashtirish talab etiladi. Tushuntirishda tushuncha va kategoriyalarning o‘rni. Tushun- cha bilishning nazariy darajasida shakllanadi. Tarixchilarda o‘ziga tushuncha-kategoriya apparati mavjud bo‘lib, bu tushun cha doimiy ravishda rivojlantirilib boriladi. Aniq fanlardan farqli ravishda tushuncha kuchsiz aniqlikda bo‘lib, uning belgi- lari va hajmi tarixchining o‘zi tom onidan aniqlanadi. Shuning uchun tushuncha ko‘p m a’noli bo‘lib, har bir tarixchi yoki tad qiqotchi tom onidan doimiy ravishda takomillashtirilib borila di. G.Frege har qanday bilishning uch birligini ko‘rsatib beradi, ya’ni bular nom, predmetlik ahamiyati (denotat), ma’no, ilmiy qarashlar. Tarixiy tushuncha real voqelikning bir qismi yoki parchasi yoki o‘ylab chiqilgan yoki to‘qima tushuncha emas, balki tarix chining bilish faoliyati natijasi bolib, bir vaqtning o‘zida bilish vositasi sifatida ham tushuniladi. U tarixiy tadqiqot materiali- ga uyg'unlashgan holda bo‘lib, mustaqil mantiqiy tahlil predmeti bo‘lishi ham mumkin, biroq bunda bilimning mazmun jihati- ga ta’sir etuvchi mantiqiy tahlilni predmet tahlilidan ajratib olish maqsadga muvofiq emas. Tarixiy tushuncha (tasavvur) hech qachon haqiqiy (real) vo- qelik bilan mos kelmaydi. Tarixiy tushunchada hodisalar (vo qealar, jarayonlar)ning asosiy va ixchamlashgan mohiyati mavjud bo‘ladi. U o£z tarkibida obyektning barcha xususiyatlarini emas, balki uning faqatgina eng muhim tom onlarini qamrab oladi. Tushuncha (tasavvur)ning haqiqiy (real) voqelik bilan mos kel- masligini tarixiy voqealar (hodisalar, jarayonlar)ning individu- alligida (aynan shu voqea (hodisa, jarayon)ning o‘ziga xosligida) deb tushuntirish mumkin, ular kamdan kam hollarda bir-biri- dan farqlanuvchi shakllarda takrorlanishi mumkin, biroq hech qachon «aynan o‘zi»dek takrorlanmaydi. Tarixiy reallikning tur- lichaligi va mukammalligi tushuncha (tasavvur)da to‘liq aks et- maydi. Tarixiy jarayonlarning nosinxronligi (bir xilda, aynan o‘xshash, baravar sodir bo‘lmasligi)ni ham tushuncha (tasav- vur) va tarixiy reallikning bir-biriga mos kelmasligida anglash mumkin. Tushuncha (tasavvur) konkret-tarixiy reallikka nisba- tan ancha zaif bo‘lib, voqelikni asosan umumiy mantiqiy nuqtayi nazardan qamrab oladi va tarixiy voqelikni bir tizim sifatida o‘rganadi. Tarixchi (tadqiqotchi) tushunchaning erishilgan bi- lim darajasiga mos kelmasligiga ishonch hosil qilsa, tushunchani aniqlashtirishga va konkretlashtirishga harakat qiladi. Aynan mana shu harakat tarixiy tadqiqotlarning eng asosiy vazifala- ridan biridir. Tarixchi uchun tushuncha konkret tarixiy voqelikni tushu- nish va anglash uchun zarurdir. Tarixchilar uchun «yagona (ay nan bir qolipdagi (andozadagi)) tushuncha» tushunchasi mavjud emas. Bunday aniqlashtirish yoki tushunchaning ta’rifini kelti- rish har doim ham to‘liq va mukammal bo‘lmagan. Haqiqiy tari xiy voqelik har qanday tushunchadan kengroq mazmunga ega- dir. Tushuncha polisemantik bo‘lib, agar biz unga aniq va konkret ta’rif beradigan va ayni vaqtda shu ta’rifga bog‘liq qilib qo‘yadi- gan bo‘lsak, u holda tadqiqotning davom ettirilishini to‘xtatib, bi lish jarayonining o‘zida to‘xtab qolgan bo‘lamiz. Tushuncha tad qiqot jarayonidagi keyingi aniqlashtirishlar va uning mazmunini kengaytirib borilishi uchun ochiq va rivojlanuvchi bolishi lozim. Tushuncha aniq va mustahkam bo‘lishi lozim, lekin ayni vaqt da har qanday tadqiqot muammosini «ochib beruvchi» universal mazmunda bo‘lmasligi kerak. Tushunchani aniq davr va haqiqiy tarixiy voqelikdan alohi da ajratish mumkin emas, ya’ni tarixiylik tamoyiliga (prinsipi- ga) qat’iy amal qilish talab etiladi, aks holda u mazmun kasb et- maydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling