Metodologiyasi


Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tadqiqotning axborot-manbaviy asoslarini aniqlash va 
tadqiqot uslublarini tanlash
Har qanday tarixiy muammo bilish obyekti mazmuniga oid 
ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan manbalardan foydalanmay tu- 
rib o‘z yechimini topishi m um kin emas. Tarixchi o‘zidan avval­
gi tarixchilar tom onidan foydalanilgan manbalarni yangi uslub­
lardan foydalangan holda o‘z tadqiqotiga jalb etishi lozim, bunda 
tadqiqotchi ilmiy muammoning maqsadi va m azmunidan kelib 
chiqqan holda yangi axborotlarni va m a’lumotlarni ham ajratib 
olishi mumkin. Odatda tarixchilar tom onidan yangi-yangi man-


balar ilmiy muomalaga kiritilib, tarix fanining manbashunos- 
lik sohasi doimiy ravishda boyitib boriladi. Biroq buning uchun 
tarixchi o‘rganilayotgan davr tarixiga oid mavjud tarixiy asar- 
lar va boshqa manbalar haqida to‘liq m a’lumotga ega bo‘lishi ta ­
lab etiladi.
Tadqiqotchi tom onidan manbashunoslik sohasidagi barcha 
bilim doirasini, ya’ni m anbalarni qidirish, izlash, tanlab olish
haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash kabi bilim larini tadqiqot 
jarayoniga jalb etilishi kerak. Tadqiqotchi tarixchilar tom o­
nidan to‘plangan tajribalardan keng foydalangan holda m an­
bashunoslik sohasida yaratilgan adabiyotlar bilan tanishib chi- 
qishi lozim.
Qo‘yilgan ilmiy muammoning hal etilishida qancha manba 
zarur bo‘lsa tadqiqot uchun shuncha manbani to‘plash va ular­
ning m a’lumotlari bilan tanishib chiqish, aniq va konkret ma’lu­
motlarni sifat-mazmuni jihatdan va miqdori jihatdan ta’minlash 
zarurdir. Bunda manbalarning rasmiy miqdori emas, balki ular­
ning axborotga boyligi muhimdir. Ilmiy jihatdan katta ahamiyat 
kasb etmaydigan faktlar va dalillarni tadqiqotga keragidan ortiq 
jalb etilishi tavsiya etilmaydi. Keragidan ortiq manbalar va ular- 
dagi m a’lumotlar keyingi tadqiqotlarda asqotishi mumkin, biroq 
ayni tadqiqot jarayonida ular muammoning hal etilishi hamda 
maqsadga erishida ortiqchalik qilishi mumkin.
Ayni vaqtda manbalar qo‘yilgan muammoning yechimini 
hal etish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Tarixchining ilmiy tad­
qiqot muammosi yuzasidan qanchalik darajada yetarli va atrof- 
licha tasavvurga ega bo‘lishi tarixiy jarayonlarning va jarayon­
lar o‘rtasidagi bog‘liqlikning mohiyatini ko‘rsata bila olishida 
namoyon boladi.
Tarixchi tadqiqot jarayonida bevosita tadqiqot obyekti yu­
zasidan avvalgi olgan bilimlariga tayanadi. Manbalardan foydala­
nish jarayonida agar ulardagi dalillar va tadqiqotning manbaviy 
asoslari yetarli bo‘lmagan holatda tadqiqot vazifalarini tafixir qili­
shi va unga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Agar manbalar tad-


qiqotni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmagan holda esa tad- 
qiqotni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
Zamonaviy postmodernistlarning ta’kidlashicha, manbalar 
tarixiy voqelik haqida to‘la tasavvur hosil qilish imkonini ber- 
maydi, ayni vaqtda ta’kidlab o‘tish ham lozimki, manbalarsiz il­
miy tadqiqotni ham amalga oshirib bo‘lmaydi, bu esa doimiy ra- 
vishda manbalardan foydalanish va ularni ilmiy tadqiqotga jalb 
etish uslublarini takomillashtirib borishni talab etadi.
Tadqiqotning bu bosqichida tadqiqot jarayonida qo‘llaniladi- 
gan uslublar tizimini shakllantirish va aniqlashtirib olish maqsad­
ga muvofiqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tarixchining m an­
balardan tashqari bilimi, metodologik zaxirasi tadqiqot uchun 
manbalarni tanlashda, ularni saralab olishda, uslublarni tanlash- 
da hal etuvchi omil hisoblanadi.
Umumfalsafiy, umumfan va umumtarixiy uslublar asosida ta­
rixchi tadqiqotning aniq-muammoviy uslublarini aniqlaydi. Ular 
ko£pchilikni tashkil qilib, maqbullarini tanlab olish tadqiqot 
mavzusi hamda qo‘yilgan muammoning xususiyatidan kelib chi- 
qib amalga oshiriladi. Ayni vaqtda fanlararo yondashuv uslublari 
qo‘llaniladi, sotsiologiya va boshqa fanlarning tadqiqotni am al­
ga oshirish jarayoniga mos keluvchi eng zarur uslublaridan foyda- 
laniladi. Bu jarayonda eng asosiysi qo‘llaniladigan maxsus tari­
xiy uslublar hisoblanadi. Ko‘p hollarda miqdoriy uslublardan ham 
foydalanish talab etiladi, biroq manbalarda va tadqiqot materi- 
allarida miqdoriy ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, u holda tavsifiy 
uslublardan foydalanish tavsiya etiladi.
Albatta, bu jarayon tadqiqotning eng asosiy va eng murak- 
kab holati sanalib, bunda tarixchi tom onidan tadqiqotni am al­
ga oshirish uchun eng maqbul bo‘lgan va samarali uslublarni 
tanlab olish talab etiladi. Bunda tarixchiga faqatgina uning il­
miy tadqiqot ishlarini amalga oshira olish malakasi va tajriba- 
si, shuningdek uning bilimdonligi va aql-zakovatigina yordam 
beradi.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling