Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tayanch tushunchalar: 
axborot, skaner, elektron pochta
kompyuter, texnologiya, elektron katalog, elektron jurnal.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Axborotlashtirish jarayoni haqida tushunchangizni aytib 
bering.
2. Tarixiy tadqiqotlar jarayonida skanerning qo‘llanilishi va 
uning ahamiyatini izohlab bering.
3. Kompyuter va uning tarixiy tadqiqotlar hamda fandagi im- 
koniyatlarini bilasizmi?
4. Ma’lumotlar bazasi va kompyuter texnologiyalari haqida 
ma’lumot bering.
5. Kutubxonaning elektron katalogi nima?
6. Elektron jurnal va u haqdagi fikringiz.
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Axborot 
- dunyoda sodir bo‘lgan turli hodisalarning tasviri- 
dir. Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha 
ta’riflar ham berish mumkin:
1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar ha­
qidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar.
2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichi- 
ga olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi 
obyektlar haqidagi bilimlar majmuyi.
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo'lgan, saqlanishi va qayta 
ishlanishi lozim bo‘lgan jam i dalil va ma’lumotlar. Kitob mat- 
ni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va tolov- 
lar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stansiyasi 
o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot 
boMishi mumkin.


Axborotning doimiy almashinuvi jamiyat hayoti va inson ha- 
yotini izga solib turilishining asosiy shartlaridan biridir. Axborot 
ochiq ifodalangan va yashirin holatda (keyingisi ko‘p uchraydi) 
bo‘ladi.
InterNET tizimida axborot tushunchasi xususiyatiga ko‘ra o‘z 
mazmuniga ega, ya’ni axborot manbalari va iste’molchilarning 
har xilligi axborot shaklining quyidagicha ko‘rinishlarda bo‘lishi- 
ga olib keladi:
Belgili — turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Matnli— harf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan ax­
borot.
Grafik — tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi 
axborot.
Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video.
Internet (InterN ET) tushunchasi — Internet bu yagona stan- 
dart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tar- 
mog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni «International 
Network» — xalqaro tarm oq va «Interconnected networks» — tar- 
moqlararo degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyu­
ter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining 
alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tash­
kil topadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling