1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar.
- Nazariy ma`lumotlar Kompyuterning tashkiliy komponentlari
1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari. Reja 1. Amaliy mashg`ulot uchun kerakli jihozlar 2. Nazariy ma`lumotlar - Kompyuterning tashkiliy komponentlari - Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari 3. Amaliy qism 4. Amaliy topshiriqlar 5. Foydalanilgan adabiyotlar Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari, HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor, emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench. Nazariy ma`lumotlar Kompyuterning tashkiliy komponentlari Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash, ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq. Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetik- mantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga (hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish vositalariga, shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan. Zamonaviy kompyuterlarning funksional sxemasi (2.4-rasm) saqlash, ishlov berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, kompyuterning ichki resurslardan foydalanish uchun ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal kompyuterlarning klassik variantidir. 1.1-rasm. Kompyuterning funksional sxemasi Kompyuter arxitekturasining asosiy elementi dasturiy boshqariladigan va konstruktiv mustaqil element ko’rinishda yaratilgan qurilma – markaziy prosessor (yoki mikroprosessor) hisoblanadi. Ayniqsa, prosessorning texnik xarakteristikalari (so’z uzunligi, takt chastotasi, boshqariladigan buyruq tizimlari) ko’p jihatdan kompyuterlarning parametrlarini aniqlaydi, bular: funksional imkoniyatlari, ish unumdorligi, yechiladigan masalalar sinfi, natijalarning aniqligi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling