Metodologiyasi


Analiz  - tahlil, obyektiv voqelikni ilmiy bilish, o‘rganish  uslubi. Analiz


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Analiz 
- tahlil, obyektiv voqelikni ilmiy bilish, o‘rganish 
uslubi.
Analiz 
(tahlil) qilish — tarixiy hodisalar va tarixiy jarayonlar, 
ularning tarkibiy qismlari, jarayonlar va ularning tarkibiy qism- 
larining o‘zaro munosabatlarini fikran qismlarga ajratgan holda 
o‘rganish jarayoni. Analiz (tahlil)ga teskari jarayon sintez bo‘lib, 
bilish jarayonida bu ikki tushuncha bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Tahliliy (analiz) jarayon tarixiy bilish jarayoni va vazifalari bilan 
bog‘liqligi bois ilmiy tafakkur va ilmiy tadqiqot faoliyatining mu- 
him omillaridan biri sanaladi.
Analogiya 
— o‘xshashlik, tarix fanida o'xshashlik asosida xu- 
losa chiqarish.
Analogiya (uslub sifatida) 
— o‘xshashlik; tarix fanida o£xshash- 
ligi asosida xulosa chiqarish, taqqoslab, qiyoslab xulosaga kel- 
ish, hodisa va jarayonlarning, davrlar va bosqichlarning biror ji- 
hatdan o‘xshashligiga asosan (yoki farqlanishi) fikrlash, xulosa 
chiqarish, tahlil qilish, tadqiqot obyektidagi biror-bir o‘xshashlik 
asosida jarayonning boshqa jihatlari haqida ham xulosalar chiqa- 
rilishi mumkin. Tarixiy jarayonlarning alohida belgilari asosida


boshqa tarixiy jarayonlar bilan bog‘liqligi va o‘xshash jarayonlar- 
ini aniqlab va qiyoslagan holda o‘rganilayotgan tadqiqot obyekti 
bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar haqida ma’lum xulosalarni ko‘rsa- 
tib berish.
Anaxronizm 
— (yunon. ana — teskari va chronos — vaqt) bir 
davrda sodir bo‘lgan voqealar yoki hodisalarning boshqa davrga 
taalluqli deb qarash.
Apologetika 
— diniy ibora bo‘lib, ayrim hollarda tarix fanida 
ham qo‘llaniladi va ko‘r-ko‘rona himoya qilish ma’nosida tarixiy 
voqealarning va jarayonlarning barchasi oldindan belgilangan va 
ma’lum qonuniyatlarga asoslangan holda sodir bo'ladi degan te- 
ologik tushuncha.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling