Metodologiyasi
Manbani interpetatsiyalash
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manbaning tanqidiy tahlili (manbashunoslik tahlili)
Manbani interpetatsiyalash
— bu shunday tushunchaki, bu ja rayonida manbadagi konkret faktlar (dalillar) haqida, hodisa lar va jarayonlar haqida aynan nimalar (yoki qanday ma’lumot lar va axborot) xabar qilinmoqda ekanligini aniqlash, manbadagi matn tarkibidagi to‘g‘ri ma’nodagi va ko‘chma ma’noda keltiril- gan fikrlarni (ma’lumotlarni) to‘g‘ri talqin qilish, maxsus atama- lar, ishoralar, o‘xshatishlarning ma’nolarini ochib berish jarayon- lari tushuniladi. Qarang: manbaning tanqidiy tahlili (manbashunoslik tahlili). Manbaning tanqidiy tahlili (manbashunoslik tahlili) - manba ning tanqidiy tahlili (manbashunoslik tahlili) ikki qismdan ibo- rat bo‘ladi: Manbaning asl nusxa ekanligini aniqlash (tashqi yoki teks- tologik (matnshunoslik xususiyatlariga asosan) tanqidiy tahlil (tanqidiy muhokama etish)); Manba tarkibidagi mavjud ma’lumotlarning (axborotning) ishonchliligini aniqlashtirish (ichki yoki xususiy tarixiy tanqid). Turli manbalarning manbashunoslik tahlili o‘ziga xos xususi yatlariga ega bo‘ladi (masalan, hujjatli manbalar, og‘zaki man- balar yoki rivoyat va afsonalarga qaraganda turlicha uslublarda tahlili etiladi va boshqalar). Manbaning asl nusxa ekanligini aniqlash uchun quyidagi va- zifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: Matnni aniqlashtirish; Manbani interpretatsiyalash; Manbaning yaratilishi (kelib chiqishi)ni aniqlash. Manbaning matnini aniqlashtirishda quyidagilar vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi: matnni o‘qib chiqish va uning mazmunini anglash; manba matni yaratilgan vaqtdan keyingi davrlarda un- ga qo‘shimcha qilingan matnlarni (qo‘shimchalarni, izohlarni, ma’lumotlarni) aniqlashtirish; qo‘shimcha matnlarning asl nusxadagi matnlarga bo‘lgan mu- tanosiblik darajasi va munosabatini aniqlash; agar matn asl nusxaga tegishli bo‘Imasa, mazkur matnning yaratilishi tarixini aniqlashtirish, manba matnining dastlabki nusxasini (ko‘rinishini) hamda muallifga tegishli asl nusxasini tiklash va boshqa shu kabilarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Manbani interpretatsiyalash: bu shunday tushunchaki; bu jarayo- nida manbadagi konkret faktlar (dalillar) haqida, hodisalar va jarayonlar haqida aynan nimalar (yoki qanday ma’lumotlar va axborot) xabar qilinayotganligini aniqlash, manbadagi matn tarkibidagi to‘g‘ri ma’nodagi va ko‘chma ma’noda keltirilgan fikrlarni (ma’lumotlarni) to‘g‘ri talqin qilish, maxsus atamalar, ishoralar, o‘xshatishlarning ma’nolarini ochib berish jarayonlari tushuniladi. Manbaning yaratilishi (kelib chiqishi) tarixini o‘rganish muallifning nomini (atributlarini — o‘ziga xos alohida maxsus belgilarini) aniqlash, manbaning yaratilish vaqti, joyi va sharoit- larini o‘rganishdan iborat. Manbaning yaratilish vaqti va joyi bil- vosita xususiyatlari, paleografiya uslublari, metrologiya, diploma tika va boshqa yordamchi tarix fanlari xususiyatlariga asoslanib xulosalar (hukm) chiqarilgan holda ma’lum darajada taxminiy ham bolishi mumkin. Taxmin qilingan barcha xususiyatlarning bir-biriga mos kelishi esa qo‘yilgan vazifaning bajarilganligini bildiradi. Atributlari — o‘ziga xos alohida maxsus belgilari (maz- muni, tili, bayon etish uslubi, yozuvi, husnixati) ko‘p hollarda is- honchli bo‘lmaydi va ular hujjatlarga asoslanilgan holda o‘z tas- dig‘ini yoki isbotini topguniga qadar vaqtinchalik farazlar deb hisoblanishi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning birinchi bos- qichi yakunlariga asosan tadqiqotchi manbaning asl nusxa ekan- ligi (yoki asl nusxa emasligi) yuzasidan o‘z xulosalarini berishi mumkin bo‘ladi. Biroq bunda vazifaning ma’lum qismi bajaril- magan bo‘ladi, ya’ni bu manbaning o‘ziga xos alohida alomatlari- ga va belgilariga xos unsurlarning to‘liq ravishda aniqlanmagan- ligidir. Manbalar tahlilining keyingi bosqichlarida qollaniladigan uslublar manba tarkibida mavjud bo‘lgan axborotning xususiyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatli manbalar (siyosiy va huquqiy maz- mundagi hujjatlar) mazmun jihatdan isbotga muhtoj emas. Bi roq ayni vaqtda bunday hujjatlarning axborotga ega va ma’lumot mazmunidagi ayrim qismlari (preambula — shartnomalar yoki xalqaro bitimlarning kirish (izoh) qismlari, kirish qismida ay rim tarixiy voqelalarga to‘xtalib o‘tishlar kabilar) ham bo‘ladiki, ularni manbaning ichki tanqidiy tahlil uslubi yordamida o‘rga- nish maqsadga muvofiqdir. Hujjatli manbaning asl nusxa ekanli- gi aniqlangach, tadqiqotchi uning ijtimoiy-madaniy mazmundagi jihatlarini ochib berish kerak. Shuningdek tadqiqotchi manba ning yaratilishidagi aniq shart-sharoitlar, yaratilishi tarixi, hujjat li manba va uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoki jarayonlarga ta’si- rini o‘rganib, manba tarkibidan o‘ziga (tadqiqot obyektiga) zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (axborotni) ajratib oladi. Hikoya, bayon mazmunidagi manbalar (yilnomalar, memuar-yodnomalar, publitsistik matnlar va boshqalar)ning ishonchliligni aniqlab olish uchta vazifaning bajarilishi bilan bel- gilanadi: ma’lumotning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar va vaziyat- ni aniqlash; manba muallifining siyosiy qarashlarini (siyosiy mansubligini) aniqlash; aniq bayon etilgan axborotni tekshirish. Agar manba voqea va jarayonlarning bevosita ishtirokchisi va jonli guvohi tomonidan bayon etilgan bo‘lsa, tadqiqotchi mazkur manba muallifining (axborot beruvchining) tarixiy jarayonning sodir bo‘lishi vaqtida qanday kuzatish holatida va ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganligini aniqlashtirishi lozim. Agar manba muallifi o‘zi guvoh boimagan va bevosita ishti rok etmagan voqea va hodisa yoki jarayon haqida ma’lumot berayotgan boisa u holda axborot (ma’lumot) o‘zlashtiril- gan manbani aniqlash, ma’lumotlarning (axborotning) yetka- zib berilishidagi aniqlik va mukammallik (to'liq bo‘lishi dara- jasi) darajasini ko‘rsatib berish talab etiladi. Bayon etib berish va hikoya qilish uslubida yaratilgan manbalarning barchasini o‘rganish vaqtida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat hollarda bunday manbalarning ishonchlilik darajasi axborot (ma’lumot) beruvchining dunyoqarashi, o‘ziga xush keluvchi ma’lumotlar- ga urg‘u bergan holda boshqalarini cheklashi yoki 6hetlab o‘ti- shi tufayli manbaning obyektivligi — xolisligi darajasi pasayib ketadi va ishonarli bo‘lmagan manbalar qatoriga kirib qolishi- ga sabab bo‘ladi. Muayyan bir g‘oya ta’sirida yondashish ochiq-oydin holatda yoki biron-bir vositalar (umumiy holatda bayon etish, aniq va ravshan ma’lumot (axborot)lar borasida hech narsa demaslik (qayd etmaslik), umumiy xususiyatlar orqali ko‘rsatib berish va boshqa lar) bilan niqoblangan holatda namoyon bo‘lishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni tekshirish jarayonida mantiqiy tahlil uslubidan foy- dalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek tekshirish jarayonida yana manbaning tarkibidagi ma’lumotlarning ichki qarama-qar- shiligi va mazmunidagi ziddiyatlari hamda boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan ham tafovutlari borligini aniqlash, agar bun- day holat mavjud bo‘lsa ularning sabablarini aniqlash ham mu- him ahamiyat kasb etadi. Bir-biriga aloqador bolmagan va yaratilishida bog'liq bo‘lma- gan turli manbalardagi ma’lumotlarning bir-biriga mos kelishi manbalarning ishonchliligini tasdiqlaydi. Shu tariqa manbalar tahlilining ikkinchi bosqichida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi manbalarning ishon- chliligi, asl nusxa ekanligini aniqlab, ularni tadqiqotga jalb eti- shi yoki aksincha, ularning ishonchli emasligi aniqlangan ho latda tadqiqot obyekti mazmunidan kelib chiqqan holda ularni inkor qilishi mumkin. Tadqiqotga aloqador barcha manbalarni tadqiq etib bo‘lgach, tadqiqotchi endi ularning manbashunoslik sintezini amalga oshirishi, ya’ni qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirishi mumkin. Manbalar to‘liqligi va ishonchliligi da- rajasiga ko‘ra hamda yaratilishidagi o‘zaro aloqadorligi darajasi- ga asosan ketma-ket bir tizimga keltiriladi. Tadqiqot mavzusi- ga oid qo‘lga kiritilgan barcha ma’lumotlarni jamlagan holda esa tadqiqotchi tadqiqot obyektini o‘rganishda manbalarning yetar- li bo‘lmagan qismini aniqlaydi va boshqalariga asoslangan ilmiy faraz yordamida ularni toldiradi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling