Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Integral 
— tarix fanida kichik tarixiy jarayonlardan, ularning 
yig‘indisidan umumiy jarayonni shakllantirish va uni xulosalash.
Intellektual tarix 
— dastlabki vaqtlarda yirik mutafakkirlar- 
ning g‘oyalari tarixi sifatida rivojlanib keldi. Keyinroq esa ko‘plab 
g‘oyalarning aksariyatini tashkil etuvchi va o‘zini oqlamagan va 
hayotga kirib bormagan bunday g‘oyalarni o‘rganish zaruriyati 
bormi, degan savol paydo bo‘ldi. Tarix fanida postmodernistlar 
qarashlari va tadqiqotlardagi yondashuvlarining shakllanishi va 
taraqqiy etib borishi bilan intellektual tarix ham yangilanib bor-


di. Natijada intellektual tarix o‘z tadqiqot ko‘lamlarini kengay- 
tirib borib, tadqiqotlar jarayonida tarixiy voqelikka diniy va ayni 
vaqtda ilmiy qarashlarni, turli vaqtlarda sodir bo‘lgan, kasalliklar 
ularning kelib chiqishi, oqibatlari va boshqa shu kabilarni o‘rgan- 
ishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni vaqtda yirik mutafakkir- 
lar, ularning fikr va g‘oyalariga, ulardan qoldirilgan matnlar, turli 
davrlarning tilshunosligi kabi sohalarga ham qiziqish ortib bor- 
moqda.
Interpretatsiya 
— (lotinchada «interpretation sharhlash
izohlash, tushuntirib (izohlab) berish, talqin qilish. Interpretatsi­
ya bir necha ma’noda keltiriladi:
Keng ma’noda 
— sharhlash, tushuntirish, nisbatan tushunarli 
bo‘lgan tilga tarjima qilish.
M axsus ma’nosi 
— mantiqdagi va matematikadagi abstrakt 
(mavhum) tizimlar uchun modellarni tizimlashtirish. Tarix fani­
da tadqiqotlar jarayonida hamda manbashunoslik sohasida nis­
batan ko‘proq qo‘llaniladi va sharhlash, izohlash, tushuntirib 
(izohlab) berish, talqin qilish vazifalarining bajarilishini anglata- 
di. Yana qarang: Manbani interpetatsiyalash. Man baning tan- 
qidiy tahlili (manbashunoslik tahlili).
Intuitsiya 
— ichki his, sezgi, sezgirlik, tajriba yordamidan tash- 
qari bevosita muroqaba yoii bilan haqiqatni bilish mumkin de- 
gan tushuncha.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling