Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy tarix
Semiotika
- (yunon tilidan «semeion» - belgi, nishon). Kishi- lik jamiyatidagi, tabiatdagi yoki kishining o‘zidagi axborotni (ma’lumotni), qonunlarning mazmuni, belgilar tizimi (aksariyat hollarda tabiiy va sun’iy tillar, madaniy hayotning ayrim sohalari oid ma’lumotlar, jumladan afsonalar, marosimlar va ularning ji- hatlari, tizimlarini) berish yoMlarini tadqiq etuvchi fan sohasi. Siyosiy tarix — tarix fanining eng dastlabki yuzaga kelgan tar- moqlaridan biri bo‘lib, bu tarix o‘z tarkibiga fuqarolik jamiya- ti tarixini, siyosiy voqealar tarixini, siyosiy tizimlarni boshqarish va ijro etuvchi hokimiyat tarixini kiritgan holda tarix fanining o‘rganilishini ma’lum darajada o‘zgarib borishiga ta’sir ko‘rsat- di. Ingliz tarixchisi D.Eltoning fikricha, siyosiy tarix jamiyat- ning tarkibi bo‘lgan inson faoliyatini o'rganadi. Bunda asosiy e’ti bor inson faoliyatini faqatgina tavsiflab berishga emas, balki uni tushunish va idrok etishga yo‘naltirilgan boiishi kerak. Mazkur tarixchi o‘z fikrini davom ettirib, siyosiy tarix statistikaga but- kul bog‘liq bo‘lib qolmasdan, abstraksiyadan qochish va faqatgi na ijtimoiy tarixni yozmasdan, inson faoliyati va insonlar bilan munosabatga kirishish kerak, deb ko‘rsatadi. Biroq tarixni yo- zishda sotsiologiyaga ko‘proq e’tibor qaratuvchi bir qator tarixchi- lar D.Eltoning bu fikriarini ma’qullamaydilar va asosiy qimmat- li ma’lumotlarni ijtimoiy tarixdan olish kerak deb hisoblaydilar. Ko‘p hollarda siyosiy tarixchilar o‘z diqqat — e’tiborlarini in sonlar taqdiriga ko‘proq ta’sir etuvchi siyosiy hokimiyat faoli yatini o‘rganishga qaratadilar. Shunga ko‘ra tadqiqotlar ko‘la- mi ham kengayib boradi, ya’ni aholining harakatlari, alohida muammolar, hattoki ommaviy madaniyat ham siyosiy tarixchilar diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Tarix fanining bu tarmog‘ini rivojlantirishda tarixchi E.Xobsboum katta o‘rin tutadi. U tarix- ni faqatgina «oliy siyosat» sohasida emas, balki nizolar va kelish- movchiliklar, iqtisod, ijtimoiy psixologiya va boshqa bir qancha guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Sintez — hodisalarni o‘zaro bog‘langan, bir butun holda tek shirish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir butun xulosa chiqarish. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling