Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy geografiya
- Tarixiylik (tarixiylik tamoyili)
- Tarixiy-tizimlilik uslubi
Tarixiy antropologiya
— (Historical anthropology) — tarixiy antropologiya fan bo‘lib, uning asosiy maqsadi antropologik tad qiqotlar tarkibidan tarixiy axborotni (ma’lumotlarni) ajratib olish, tanlab olingan axborotni tarix fani ehtiyojlari uchun jalb etish, talqin qilib berish. Tarixiy geografiya — (Historical geography) — tarix va geo- grafiya fanlari kesishuvidagi bilim sohasi bo‘lib, aniq bir hudud- ning aniq bir taraqqiyot bosqichini o'rganadi. Tarixiy sotsiologiya — (Historical sociology) — sotsiologiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining, ijtimoiy tizimlar- ning, institutlar va hodisalarning tarixiy jarayonlarini o‘rganadi. Tarixiy sotsiologiya tarixiy taraqqiyotning sotsiologik nazariyalari va tarixiy ma’lumotlarning sotsiologik tahlilini ishlab chiqadi. Tarixiylik (tarixiylik tamoyili) — Historism — obyektiv voqelik- ni ilmiy bilish tamoyili bo‘lib, unga muvofiq obyektlar va hodisa lar tarixiy taraqqiyot qonuninyatlari asosida, ularning konkret vaziyatlardagi mavjudligidan kelib chiqib ko‘rib chiqilishi lozim. Tarixiylik tamoyili shuningdek, tadqiq etilayotgan obyektlarning va hodisalarning kelajak taraqqiyoti haqida ham ma’lum bir fikr- larni va xulosalarni bildirishi mumkin. Tarixiy-tizimlilik uslubi — turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy tizimlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bolib, voqelikning asosiy komponentlari - individual va takror- lanmas hodisalar, voqealar tarixiy vaziyatlar va jarayonlar ijtimoiy tizimlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tarixiy-tizimli uslub tarix fani tadqiqotlarida matematik uslub- larni va modellashtirishni qo‘llash bilan bog‘liq holda qo‘llanila boshlandi. Mazkur uslub turli darajadagi ijtimoiy-tarixiy tizim larning mavjudligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, voqelikning asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari) — individual va takrorlanmas hodisalar, voqealar tarixiy vaziyatlar va jarayon lar ijtimoiy tizimlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Ularning barcha- si vazifalari va bir jarayonda sodir bo‘lish (namoyon bo‘lish) ket- ma-ketligi jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu uslubdan foydalanishning dastlabki bosqichida tadqiq etilayot- gan tizimni tizimlar umumiyligidan va uning tarkibidan ajratib olish kerak. Tadqiq etilayotgan tizim ajratib (belgilab) olingandan so‘ng uni tuzilish jihatdan tahlil qilish va tizimlarning tuzilishi va ular tarkibiy qismlarining o‘zaro bogiiqligini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Bu jarayonda mantiqiy va matematik uslublar qo‘llanila- di. Ikkinchi bosqichda o‘rganilayotgan tizim (tuzilish)ning shu tizim (tuzilish) mansub bo‘lgan umumiy tizim (tuzilish) bilan bog‘liqligi va uning tarkibiy qismidagi o‘rni va vazifaviy mohiyati hamda ahamiyati aniqlanadi. Mazkur uslubni tarixiy tadqiqotlar jarayonida qo‘llashning murakkabligi shundaki, ijtimoiy tizim larning murakkab tuzilishga ega ekanligi va oddiy tizim (tuzilish) dan murakkab tizim (tuzilish)larga (turar joy — qishloq — viloyat kabi) o£tib borish jarayonlaridir. Tadqiqotlar jarayonida agar ho- disalarning mohiyatini yoritish yoki aniqlash imkoni bo‘lmagan holda umumfan uslublari va maxsus tarixiy uslublardan foydala nish tavsiya etiladi. Sinxron tahlilda nisbatan ko‘proq samara- ga erishishi mumkin, biroq bu holda taraqqiyot jarayoni ochil- may qolishi mumkin. Tizimli — tuzilish jihatdan va funksional jihatdan tahlil esa haddan tashqari abstraktlashtirishga va forrnal- lashtirishga olib kelishi mumkin. Tarixiy manbalar — kishilik jamiyati o‘tmishini hamda tari xiy jarayonlarni o‘rganish imkonini beradigan barcha obyekt- lar, ya’ni inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarning hammasi, shuningdek, atrof-muhit bilan munosabati natijalari, moddiy madaniyat namunalari, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, maro- simlar va boshqalar. Tarixiy manbalar miqdori chegarasiz, bi roq turli tarixiy davrlarga oid bo‘lgan manbalar miqdori bir-biri- dan farqlanadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling