lorning yaratilishini o‘rganadi, ularning
tanqidiy tahlil qiladi va
«tekshiruv»dan o‘tkazadi, matnlarni keyingi tadqiqotlar va nashr-
lar uchun tayyorlashni amalga oshiradi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyili
- sistema — muayyan
tarzda
o'zaro bog‘langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan
elementlar majmuyi. Tarmoq, shoxobcha, birlik,
butunlik tashkil
etuvchi narsalar majmuyi. Tarix fanida umumiy yaxlit tarixiy ja
rayonlarning tarkibini tashkil etuvchi tarixiy jarayonlar, voqealar,
hodisalar majmuyi.
XIX asrda tarixchilar jamiyatni, tarixiy voqealarni tizimli
lik asosida (sistemalashtirib) o‘rgana boshlagan bo‘lsalar, XX asr-
ga kelib barcha fanlar tadqiqotlarida tizimlilik
uslubidan foydala-
nish asosiy o‘rin tutib bora boshladi, bunda tadqiqot obyektiga
sababiylik va kelib chiqishidagi hamda
vazifaviy aloqadorligi xu-
susiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilmali tizim sifa
tida qaraldi.
Tipologiya
— tarix fanida tarixiy hodisalar va jarayonlarni
umumiy alomatlari,
jihatlari, mohiyatiga qarab ilmiy asosda gu-
ruhlarga ajratish, tasnif (klassifikatsiya) qilish.
Tipologik uslub
tarixiy jarayonlarning mohiyatiga asosan tahlil qilishdir (I.Koval-
chenko). Yana qarang: klassifikatsiya.
Tipologiyalash
- tarixiy jarayonlar va hodisalarni umumiy alo-
matlariga asoslanib guruhlarga, turkumlarga ajratish. Yana qa
rang: klassifikatsiya, tipologiya.
Uslub
— qarang: metod
Fan tarixi
— tarix fani ilm-fanga kashfiyotlar ro‘yxati sifati
da emas, balki inson faoliyatining mahsuli va ayni vaqtda jamiyat
va madaniy hayotning ajralmas bir bo‘lagi sifatida qaraydi. Ilm-
fan ijtimoiy va mafkuraviy xususiyatga ega.
Ayni vaqtda tarix-
chilardan ilm-fanning ilmiy bo‘lmagan tafakkur mahsuli bo‘lgan
(astrologiya, alkimyo va boshq.) fanlarni ilmiy fanlar bilan ara-
lashtirib yubormaslik talab etiladi. Bu sohaning tarixiy tadqiqot-
lari jarayonida ilm-fan va jamiyat o‘rtasidagi
aloqalar ya bogiiq-
likka alohida e’tibor qaratilishi kerak.