Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Xronologik uslub 
— voqealarning ketma-ket sodir bo‘lishiga 
asoslangan, voqea va hodisalarni xronologik tartibda bayon qi- 
lishga yo‘naltirilgan tarixiy tadqiqot uslubi.
Har bir tarixchi tomonidan qo‘llanilib, tarixiy jarayonlarning 
vaqt bo‘yicha (xronologik) ketma-ketlikda o'rganish imkonini


beradi. Biroq bunda e’tiborga molik faktlarni diqqatdan chetda 
qoldirmaslik kerak. Ayrim hollarda, ya’ni tarixchilar tomonidan 
ayrim dalillarning (faktlarning) mazkur tizimga jalb eta olmagan 
hollarida tarixiy jarayonning tavsifldagi noaniqlikka yo‘l qo‘yili- 
shi mumkin. Bu uslubning bir ko‘rinishi muammoviy-xronologik 
uslub bo‘lib, yirik tadqiqot mavzusini tadqiqot jarayonida bir ne- 
cha qismga bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha alohida xronologik 
jihatdan ketma-ketlikda tadqiqot amalga oshiriladi.
Xronologiya 
— (yunon. xronos — vaqt, logos-tushuncha, bi­
lim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mam- 
lakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimni o‘rganuvchi so­
ha. Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi 
fan, voqealarning tarixi, vaqti ketma-ket ko'rsatib tuzilgan jadval 
yoki yozilgan ro‘yxat.
Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya» («Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar») nomli asari turli taqvimlarni 
o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada «Xronologiya» nomi 
bilan mashhur.
Harbiy tarix 
— tarix fanining eng qadimiy tarmoqlaridan biri- 
dir. Hatto «tarixning otasi» Gerodot va boshqa antik davr tarixchi- 
lari ham qadimda sodir bo‘lgan urushlar haqida alohida va ko‘plab 
ma’lumotlar yozib qoldirganlar. XVIII asrdan boshlab esa harbiy ta­
rix hatbiy to‘qnashuvlar tarixi sifatida rivojlana boshladi. XIX asr oxiri
— XX asr boshlaridan boshlab, urushlar xususiyatidagi yuzaga kel- 
gan o‘zgarishlar ta’sirida harbiy tarix sohasida nafaqat harbiy soha- 
ga aloqador masalalarning o‘zinigina, balki jamiyat taraqqiyotiga alo- 
qador masalalar o‘rganila boshlandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 
harbiy tarix fani sohasi tarkibiga urushayotgan mamlakatlar va dav- 
latlaming ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o'rganish sohalari ham qo‘shildi. 
Hozirgi vaqtda harbiy tarix predmeti birmuncha kengroq tusda, ya’ni 
«urush va jamiyat» tushunchasiga ega bo‘lib, ayrim vaqtlarda harbiy 
mutaxassislar harbiy harakatlarni o‘iganish uchun ham jalb etiladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling