Metodologiyasi


Tarixiy taqqoslash uslubi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiy taqqoslash uslubi 
- tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va 
ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, 
umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham-


da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish 
uchun qo‘llaniladi.
Taqqoslash 
uslubi
dastlab ma’rifatparvarlar tomonidan qo‘lla- 
nilgan. F.Volter birinchilardan bo‘lib o‘zi tomonidan yaratilgan 
tarixiy kitoblarida taqqoslash uslubini qo‘llagan, biroq bunda bu 
uslub tarixiy uslubga nisbatan ko‘proq vosita sifatida qo‘llanilgan. 
XIX asr oxirlariga kelib bu uslub tarixiy tadqiqotlarda, ayniqsa 
ijtimoiy-iqtisodiy tarix sohalarida ancha keng o‘rin tuta boshla­
di. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ayniqsa komparativ 
uslub keng qo‘llanila boshlandi. Amalda bironta ham tadqiqot bu 
uslublarni qo‘Uamasdan amalga oshirilmaydigan bo‘ldi.
Daliliy materiallarni, ma’lumotlarni yig‘ish, dalillarni tizim- 
lashtirish va tahlil qilish jarayonida tarixchi ko‘pgina jarayon- 
larning mazmunidagi o‘xshashlikni, biroq ayni vaqtda jarayon- 
larning zamon va makon bo‘yicha turliligi, bir-biridan farqlanishi 
omillari sababli turlilik kasb etishini va yana ayni vaqtda shaklan 
umumiylikni ko‘rishi mumkin.
Mazkur uslubning bilish jarayonidagi mohiyati uning tari­
xiy jarayonlarning mohiyatini tushuntirib berish uchun yo‘nalti- 
radigan imkoniyatlaridadir. Jarayonning mohiyatini anglash va 
tushunish uchun uning o‘xshashlik va farqlanuvchi xususiyat- 
larini tushunish kerak. Bu uslubning mantiqiy asosini analogiya 
tashkil etib, tadqiqot obyektidagi biror-bir o‘xshashlik asosida 
jarayonning boshqa jihatlari haqida ham xulosalar chiqarilishi 
mumkin.
Tarixiy taqqoslash uslubi tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va 
ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, 
umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham­
da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish 
uchun imkon beradi. Bunda albatta bir qator talablarga rioya 
etishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, avvalo taqqoslash tarixiy jara­
yonning shaklan o‘xshash jihatlarini emas, balki mohiyatini aks 
ettiruvchi aniq va konkret dalillar (faktlar) bilan amalga oshi- 
rilishi lozim, ikkinchidan, hodisalar va jarayonlarning tipologi-


yasi va davrini yaxshi bilish va tushunish lozim. Taraqqiyotning 
bir bosqichida yoki turli bosqichlarida bo'lgan bir xil va turli xil 
hodisalarni taqqoslash mumkin. Bir holatda mohiyat o‘xshash- 
lik asosida ochiladigan bo‘lsa, boshqa holatda turlilik asosida 
aniqlanishi mumkin. Biroq ayni vaqtda tarixchidan tarixiylik ta- 
moyilini unutib qo‘ymaslik talab etiladi. Tarixiy taqqoslash uslu- 
bini qo‘llashda bir qator cheklanishlarga duch kelish mumkin. 
Bu uslub real voqelikning turliligini tushunishga imkon bersada, 
konkret shakldagi xususiyatini ko‘rsatib berolmaydi. Shuningdek, 
tarixiy taraqqiyot sur’atining tadqiqida ham tarixiy taqqoslash 
uslubidan foydalanish maqsadga muvoflq emas. Mazkur uslub- 
ning rasman (shunchaki qo‘llash, qo‘llanishi «kerak» bo‘lganli- 
gi uchun qo‘llash) qo‘llanilishi xatoliklarga olib kelishi, ko‘pgina 
tarixiy hodisalar mohiyatining noto‘g‘ri talqiniga va tavsiflani- 
shiga olib kelishi mumkin. Tarixiy taqqoslash uslubidan boshqa 
tadqiqot uslublari bilan birgalikda foydalanish mumkin. Afsuski, 
tarixchilar tomonidan tarixiy taqqoslash uslubi ko‘p hollarda 
analogiya va solishtirish bilangina qo'llaniladi, u tadqiqotlar ja­
rayonida to'liq yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan jihatlarini inobatga 
olgan holda kamdan kam qollaniladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling