Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix fanining ijtimoiy vazifalari
- Tarix fanining sohalari
ijtimoiy falsafa —
zamonaviy jamiyatning tuzilishi va vazi- faviy xususiyatlaridagi umumiylikni o‘rganadi va ayni vaqtda yangi va eng tarixning nazariy asoslarini yaratishda asosiy o‘rin tutadi; tarix falsafasi — umumjahon tarixiy jarayonlaridagi umumiy mantiqiylikni o‘rganadi, tarixiy jarayon nazariyasi uchun ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratadi. Tarix fanining ijtimoiy vazifalari — tarix fani o'zining aso siy maqsadiga erishish jarayonida: 1. Haqiqiy ijtimoiy o‘z-o‘zini anglashni shakllantirish 2. Qaror topgan jamiyatning taraqqiyoti- ni oldindan ko‘ra bilish. 3. Jamiyat taraqqiyoti va uning ichki so halari va jarayonlarini boshqarish kabilar uchun ilmiy shart-sha roitlar yaratadi. Tarix fanining sohalari — tarix fani tarixiy bilishning shakli yoki fanning predmetiga asoslangan holda ikki sohaga bo‘linadi: Tarix fanining asosiy sohalari. Yordamchi tarix fani sohalari. Yordamchi tarix fani sohalari tarixiy jarayonlarni o‘rgan- maydi, ular tarix fanining asosiy sohalarini tadqiq etish jarayo ni uchun ilmiy-bilish xususiyatiga ega bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berib, umumiy yordamchi tarix fani sohalari hamda max- sus yordamchi tarix fani sohalariga bo‘linadi: Umumiy yordamchi tarix fani sohalari: tarix fani metodologiyasi. / tarixiy bibliografiya. tarixshunoslik (umumiy va muammoviy tarixshunoslik so- halariga bo‘linadi: umumiy - tarixi fanining tarixini o‘rganadi. muammoviy — tadqiq etilayotgan ilmiy muammoning o‘rgan- ilishi tarixini hamda uning o‘rganilishi darajasini aniqlab beradi). Manbashunoslik — umumiy va maxsus manbashunoslik tar- moqlariga bolinadi: Umumiy manbashunoslik — tarixiy manbalarning shakllari, mohiyati va tarixni o‘rganishdagi vazifalarini, shuningdek, ular ning o'rganish metodlarini o‘rganadi. Maxsus manbashunoslik fanlari alohida xususiyatga ega bo‘lgan tarixiy manbalarni o‘rganadi va ularga quyidagilar kiradi: Sfragistika — muhrlarni o‘rganuvchi yordamchi tarix fani so hasi, muhrshunoslik. Geraldika - gerblarni o‘rganuvchi yordamchi tarix fani soha si, gerbshunoslik. Qarang: Gerladika Numizmatika — tangalar va ularning tarixini o‘rganuvchi yor damchi tarix fani sohasi, tangashunoslik. Qarang: numizmatika. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling