Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix falsafasi
Tarixiy informatika
— maxsus fan sifatida shakllantirila bo- rilib, uning jihatlariga aniqlik kiritila boshlandi. Unga ko‘ra, tari xiy informatika tarix fani va ta’limi jarayonlarini axborotlashtirish- ga yo‘naltirilgan ilmiy fan bo‘lib, uning tarkibiga hamma turdagi tarixiy manbalarning elektron shakllarini yaratish va shakllantirish borasidagi barcha nazariy va amaliy bilimlar kiritildi. Bunda uning nazariy asosi sifatida nazariy manbashunoslik va axborotning za- monaviy tamoyillari, amaliy asosi sifatida esa kompyuter texnologi- yalari va u bilan bog‘liq jihatlari ko‘rsatildi. Tarixiy informatikaning fan sohasidagi qiziqishlari sifatida maxsuslashtirilgan dasturlash ta’minotlari, ma’lumotlarning banki va tarixiy bazalarining shakl- lantirilishi, tizimlashtirilgan, matnli, tasviriy va boshqa manbalar va ulardagi axborotni tasavvur qilishda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi, tarixiy jarayonlarning kompyuterlashtirilgan model- larini yaratish, Internetdan foydalanish va tadqiqotlar jarayonlari- da uning qo‘llanilishi, multimedia vositalaridan foydalanish va uni rivojlantirib borish, shuningdek ta’limda axborot texnologiyalari- dan foydalanish etib belgilandi (L.LBorodkin). Tarix falsafasi — falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, tarixning mazmuni, uning qonuniyatlari, insoniyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va tarixiy bilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Tarix falsafasining namoyandalari («tarix falsafasi» atama- si fanga Volter tomonidan kiritilgan) tarixni harakatlantiruvchi kuch bu — ilohiydir (Avgustin), tarixni harakatlantiruvchi kuch bu — ilohiy ongdir (I.G.Gerder), tarixni harakatlantiruvchi kuch bu — absolyut (mutlaq) ruhdir (Gegel), tarixni harakatlantiruvchi kuch bu — insonning o‘zgarmas tabiati va uning tabiiy shart-sha- roitlaridir (ma’rifatparvarlar, L.Feyerbax) mazmunidagi turli fal- safiy yondashuvlarni ilgari surganlar. Tarix fani — 1. Bu ilmiy ijtimoiy institutlar, professional tad- qiqotchilar, ilmiy bilish faoliyati turlari, aniq (konkret) ja- miyatlar va ularning o‘tmishdagi va bugungi kundagi taraqqi yoti jarayonlari, shuningdek yordamchi tarix fanlari hamda aniq (konkret) tarixiy va haqqoniy ilmiy bilim olishga yo‘naltirilgan, bu orqali ilmiy bilishga erishilgan faoliyat va uni qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan faoliyatlar tizimidir. 2. Kishilik jamiyatining si yosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan bar cha voqea, hodisa, jarayonlarni o‘rganadigan fan. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling