Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strukturalizm
- Sfragistika
Sinxron uslub
— sinxronlik xususiyatiga ega bo‘lgan, sinx- ron ravishda (bir vaqtda, baravar) sodir bo‘ladigan. Bir vaqtda sodir bo‘lgan turli tarixiy voqealarni o'rganishga yo£naltirilgan tadqiqot uslubi. Bir vaqtda sodir bo'lgan turli tarixiy voqealarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. Jamiyatda har qanday hodisa o‘zaro bog‘liqligi sababli bu metoddan tizimli yondashishida foydalanish bu bog‘liqlikni ochishga yordam beradi. Bu esa u yoki bu mintaqada sodir boMgan tarixiy jarayonlarni tushuntirishga imkon yaratadi, shu bilan birgalikda ularning iqti- sodiy, siyosiy hamda turli davlatlarning xalqaro aloqalariga ta’sir- ini kuzatish imkonini beradi. Strukturalizm — tarixda tarixiy voqelik, hodisa va jarayon larni ularning ichki tarkibiy jarayonlari va hodisalari tizimi, ularning o‘zaro bog‘lanishi va munosabatlarni tekshiruvchi si fatida qarash. Subyektivlik — falsafa fanida tashqi, moddiy dunyo mavjudligi- ni inkor etib, ular faqat odamlarning ongidagina mavjud deb qa- raydigan falsafiy oqim; tarix fanida esa tarixiy voqelik va tarixiy jarayonlarga, ularning tadqiqi va talqini jarayonida xolis (obyek- tiv) bo‘lmagan, o‘z mansubligi va dunyoqarashi jihatidan kelib chiqqan holdagi ilmiy bo‘lmagan yondashish. Sfragistika - (yunoncha sphragis — muhr), sigillografiya (lotincha sigillum — muhr va yunoncha grafo — yozaman) tarix fanining muhrlarni o‘rganadigan sohasi. Muhr deb qattiq mate- rialdan yasalgan shtamp — matritsa va uning hujjatdagi izi, tas- viriga aytiiadi. Sfragistika XVIII asrda diplomatiyaning bo'limi sifatida shakl- langan va uning vazifasi hujjatning vaqtini aniqlash va undagi muhrga qarab haqiqiyligini tasdiqlashdangina iborat bolgan. XIX asrning oxiridan boshlab, ilmiy doiralarga qazishmalar chog‘ida topilgan va hujjatdan alohida bo‘lgan muhrlarning (qadimgi Misr, Bobil, Hind, Parfiya, Rus muhrlari va h.k.) ko‘plab kirib keli- shi bilan sfragistika alohida fan sifatida yangi davrni boshladi. Davlat apparatining har qanday islohotlarini xronologik turkum- lash orqali qadim davlat institutlarining shakllanishini o‘rganish- da sfragistikaning ahamiyati kuchaydi. Sfragistika fanining asoschisi sifatida Mixail Geyneksiy (1709) ning nomini keltirish mumkin. logann Geymann, F.Gerken, Gatterer, Ledebur, knyaz Gogenloe-Valdenburg, Zeyler (sfragis- tikaga oid «Abriss der Sphragistik» (Vena, 1884) va «Geschichte der Siegel» (Lits., 1894) asarlarining muallifi) kabi olimlar bu fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishgan. Sfaragistikaning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar fransuz olimi G.Shlyumberje, rus olimi N. P. Lixachyovlarning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Sfragistikaning vazifasi hujjatlardagi muhrlarni o‘rganish orqa li ularning aslini aniqlash va tasdiqlashdan iborat. Ammo uning vazifasi faqat shu bilangina cheklanmaydi. Davlat va davlat or- ganlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va davlatning shaklla- nish bosqichlarini o‘rganishda ham sfragistik ma’lumotlar mu- him ahamiyatga ega. Sfragistika materiallari amaliy san’at, geraldika, numizmatika, onomastikani o‘rganishda, qadimgi arxivlar tarkibini aniqlashda ham muhim manba hisoblanadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling