Shakllantirish jarayonlari


Download 20.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi20.46 Kb.
#1776570
  1   2
Bog'liq
ZDIT2461




249 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
O‘QUVCHILARDA JISMONIY HARAKAT MALAKA VA KO‘NIKMALARNI 
SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI 
 
Usmanov Boburjon Komiljon o'g'li 
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, 
O'zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7184019 
Annotatsiya: Yoshlarda jismoniy harakat malaka va ko‘nikmalarini 
shakllantirishning bosqich va talablari nazariya va amaliyotdagi jarayonlar 
xaqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: harakat malaka, ko‘nikma, refleks, ijobiy ko‘chirish, stereotip, 
texnik, taktik, nerv sistemasi, bajara olish qobiliyati.
O‘quvchilar harakatli mashqlarni harakat malakasi va harakat ko‘nikmalari 
bo‘lgan taqdirdagina bajarishi mumkin. Bu malaka va ko‘nikmalar harakatlarni 
boshqarish usullarini ifoda etadi. O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport 
mashg‘ulotlari xamda tadbirlarida, harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, 
jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, harakat vazifasini hal qilish 
imkoniyati yaratiladi. Bilim va tajribalar asosida egallagan harakat malakalari – 
harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ixtiyoriy bajarish qobiliyatidir. Demak, 
harakatlarni bilish, ularni bajara olish qobiliyati harakat malakasi bo‘la oladi. 
Harakatli mashqlarni ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash ko‘nikma hosil 
qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy 
o‘zgarishlar kiritilmagan va harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirdagina 
erishiladi. Harakat ko‘nikmasini bir butun harakat vaqtida harakatlarni 
boshqarishning avtomatlashgan usuli sifatida ta’riflash mumkin. Harakatlarni har 
qanday sharoitda texnik va taktik jihatdan samarali bajara olish qobiliyatini 
harakat ko‘nikmasi deb atash mumkin. Ko‘nikma hosil bo‘lishi bilan harakat 
aktining o‘zi emas, balki harakat natijasi, bu harakat bajariladigan sharoit hamda 
vaziyat asosiy e’tibor berish ob’ekti bo‘lib qoladi. Harakat amallarini 
avtomatlashtirish mashqlar natijasiga e’tibor berish imkoniyatini kengaytiradi. 
Ko‘nikma hosil bo‘lganda ong harakatni boshlash, davom ettirishgagina ega 
bo‘lmay harakatning har bir qismlarini bajarilishini nazorat qilish, birdan 
o‘zgargan aktlarni to‘g‘ri bajarish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Harakat 
avtomatlashuvi bilan ko‘nikma barqaror va mustahkam bo‘lib boradi. Harakatni 
bajarish sifatini pasaytirmay ko‘p takrorlash harakat ko‘nikmasini 
mustahkamlanishini ta’minlaydi. Bu holat harakatlarni charchaganda, bedorlikda 
yoki ruhiy noqulay vaziyatda ham aniq bajarishni imkonini beradi. O‘quvchilarda 
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida ko‘nikma hosil bo‘lishi jarayonida 
alohida harakatlarning avtomatlashishi bilan birga vaqt va kuch sarflash 



250 

Download 20.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling