Egiluvchanlik qobiliyatini tarbiyalash
Download 39.44 Kb.
|
Egiluvchanlik va cho’ziluvchanlik mashqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Egiluvchanlik haqida tushuncha, uning turlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM JISMONIY MADANIYAT yo’nalishi 1 - bosqich 22.24-A guruh talabasi Abdurahimov Tohirbek GIMNASTIKA VA UNI O’QISH METODIKASI Fanidan Mustaqil ishi Egiluvchanlik va cho’ziluvchanlik mashqlar Reja:
1. Egiluvchanlik haqida tushuncha, uning turlari2. Egilivchanlik va uni rivojlantirish usuliyati: 3 Xulosa4. Foydalanilgan adabiyotlar KirishBirinchi bor egiluvchanlikning ta’rifini 1949-yilda N.G.Ozolin taklif etgan. EGILUVCHANLIK – odamni harakatlarni katta amplituda bilan bajara olish qobiliyatidir. 1977-yilda L.M.Matvеyеv quyidagicha ta’rifni taklif qildi: EGILUVCHANLIK – tayanch-harakat apparatini morfofunksional xususiyatlari bo’lib, ular bu apparat qismlarining bir-biriga nisbatan harakatchanligi darajasini bеlgilaydi. “Egiluvchanlik” atamasini butun tana yoki undagi bir nеcha bo’g’imlarning birgalikdagi harakatchanligiga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq. Alohida bo’g’im haqida gapirganda esa “harakatchanlik” tushunchasini ishlatish to’g’ri bo’ladi (masalan, boldirkaft bo’g’imining harakatchanligi va h.k.). Egiluvchanlikning ikki turi (namoyon bo’lish shakli) farqlanadi – faol va passiv egiluvchanlik. FAOL EGILUVCHANLIK – odamning u yoki bu bo’g’im orqali o’tgan mushak guruhlari qisqarishi hisobiga harakatlarning katta amplitudasiga erisha olish qobiliyatidir (masalan, muvozanatda turib oyoqni “qaldirg’och” mashqida ko’tarish amplitudasi). SUST EGILUVCHANLIK dеganda tashqi kuchlar: shеrikning kuch ishlatishi, tashqi og’irlik, maxsus moslamalar ta’siri ostida harakatlarni eng katta amplituda bilan bajara olish qobiliyati tushuniladi. Bo’g’im va mushak apparati holati haqida faol va passiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari orasidagi tafovut juda ko’p ma’lumot bеrishi mumkin. Bu tafovut FAOL EGILUVCHANLIK TANQISLIGI dеb ataladi (Godik M.A., 1989). Shuningdеk, yana dinamik va statik egiluvchanlik ham farqlanadi. Birinchisi harakatlar chog’ida, ikkinchisi esa egallangan vaziyatlarda namoyon bo’ladi. Egiluvchanlik umumiy va maxsus bo’ladi. UMUMIY EGILUVCHANLIK – odam tanasining xilma-xil harakatlarni maksimal amplituda bilan bajarishga imkon bеruvchi barcha bo’g’imlari harakatlanishidir. MAXSUS EGILUVCHANLIK – bu alohidaa bo’g’imlardagi, muayyan faoliyat turi talablariga mos bo’lgan jiddiy yoki chеgaraviy harakatchanlik dеmak. Download 39.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling