Metodologiyasi


Awalgi mavzularda tarixchining zamonaviy texnologiyalardan foydalangan


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Awalgi mavzularda tarixchining zamonaviy texnologiyalardan foydalangan 
holda tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida ulardan foydalanish afzalliklari 
haqida gapirib o ‘tildi. Shu o ‘rinda bu yerda keltirilayotgan qog‘ozlar, jildlar 
va boshqalami ayni vazifalardan kelib chiqqan holatda elektron shaklda ham 
shakllantirish mumkin va bu shakllaming o ‘z o'rnida bir qator afzalliklari va 
ishlash jarayonidagi qulayliklari mavjud. Qarang: mavzu — «Tarix fani tadqiqotlari 
va zamonaviy texnologiyalar».


tahlili amalga oshirilgandan so‘ng tadqiqotchida manbalar va il­
miy tadqiqot ishlari, adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasi paydo 
bo‘ladi. Adabiyotlarni bir-biriga solishtirib ko‘rish va taqqoslash, 
qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy tadqiqot obyekti uchun ham ­
da tadqiq etilayotgan masalaning yechimini topishga jalb etilishi 
mumkin bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarining eng zarurlari hamda 
umumiy xulosalar uchun kerak boMishi mumkin bo‘lgan holda 
tasniflash va ajratib olish mumkin bo‘ladi.
Tahlil etilgan ilmiy adabiyotlar bilan tanishish asnosida tad­
qiqotchi ilmiy tadqiqot mavzusi va uni amalga oshirishning re- 
javiy vazifalaridan kelib chiqqan holda alohida adabiyotlarni 
(manbalarni) yoki ayni vaqtda bir adabiyotda (manbada) mav­
jud bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida turli rejalarga taalluqli bo‘lgan 
ma’lumotlarni tasniflashi va rejalarga asosan tartibga olish im- 
koniyati yuzaga keladi.
M anbalarda yoki ilmiy adabiyotlarda mavjud bo‘lgan m a’lu­
motlar, axborot va m anbalar m ualliflari tom onidan keltirilgan 
dalillar tadqiqotning mavzusi, uning muammosi yechim ini to ­
pishga yo‘nalganlik darajasiga ko‘ra tadqiqotchining fikrlari bi­
lan mos kelishi yoki ayni vaqtda uni inkor etishi ham mumkin. 
Bunday holatda tadqiqotchi uchinchi manbalarga ham muro- 
jaat qilishi ham da masalaning mohiyatidan kelib chiqqan hol­
da eng to‘g‘ri, ilmiy asoslangan va obyektiv xulosalarga kelishi 
talab etiladi. Tadqiqotchining mantiqiy fikrlar yechimi ish­
ning yutug‘ini oshiradi. Tarixiy manbalarda qaysidir mavzu- 
lar to‘liq yoritilgan, qaysisidir kam yoritilgan yoki um um an u 
haqda m a’lumot yo‘q. U shunda boshqa m a’lumotlarga tayanib 
fikrni to‘ldirib ketishi mumkin. Masalan, A m ir Temurning 
harbiy qurollari o‘z davrining mukam m al qurollari edi, bi­
roq ularni ishlab chiqarish xususida manbalarda m a’lumotlar 
kam yoki yo‘q. Shunda tadqiqotchi bu davrdagi qurolsozlikning 
san’at darajasiga ko‘tarilgani, ayniqsa poytaxt qurolsozlik mar- 
kazi bo‘lganligini yoki taxm inlarni ishda aytib o‘tishi mumkin. 
Bo‘lim oxirida esa umumiy xulosa va takliflar beriladi. Odatda


asosiy qism yozib bo‘lingach, kirish va xulosa yozish maqsad- 
ga muvofiqdir.
Ishning kirish qismida asosnomada ko‘rsatilgan holatlardan 
kelib chiqiladigan bo‘lsa, ishning rejalar bo'yicha, boblar bo‘yicha 
va tadqiqotning umumiy natijalari va mazmunidan kelib chiqqan 
holda ilmiy jihatdan xulosa qilinadi.
Tadqiqotning xulosa qismida esa tadqiqot jarayonida qoiga 
kiritilgan ilmiy yangiliklar, ularning tadqiqot obyekti mazmu­
nidan kelib chiqqan holda muammoning hal etilgani va ayni 
vaqtda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalarning fan taraqqiyotidagi 
o‘rni, fan yuzasidan yangi ilmiy tadqiqotlarning yo'lga qo‘yilishi 
uchun tavsiyalar, uning ta’lim sohasidagi jihatlariga alohida e’ti- 
bor qaratiladi.
Tadqiqot rejasini tuzish jarayonida ishning navbatdagisi va 
asosiylaridan biri — maqsadga yetilishi uchun qo‘llaniladigan 
m etodlar majmuyi ham da ularni qo‘llash tartibi belgilab olina- 
di. Bu ancha murakkab ish bo‘lib, izlanuvchidan tadqiqot jara- 
yonini ko‘z oldiga yaqqol keltirishni talab etadi. Shuning uchun 
referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik disser- 
tatsiyasining rejasini tuzishda va yozishda ilmiy rahbarning 
ko‘rsatm alari katta o‘ringa ega. Ish rejasining muvaffaqiyatli 
tuzilishi tadqiqotchining malakasi, dunyoqarashi va adabiyot- 
larni nechog‘lik chuqur o‘rganganiga bog‘liq. Ish rejasi mavzu- 
lar asosida mantiqiy yoki davriy tartibda ham tuzilishi mumkin. 
Bunday rejalar asosan dissertatsiyalar dQirasida shakllantirila- 
di. Shuningdek, ish rejalari boshqacha usullarda ham tuzili­
shi m um kin. Maqolalar, referat, kurs ishi, bitiruv ishi, magistr­
lik, nom zodlik va doktorlik dissertatsiyalarida rejalar oldindan 
murakkablashib boradi va unda qo‘yilgan masalalar ham ko‘la- 
mi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ish murakkablashib borgani 
sari ulardagi mavzu va muammolarning nazariy tomonlari- 
ga ko‘proq e’tibor beriladi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar o£rga- 
nib bo‘lingach, o‘rganilishi lozim deb topilgandan so‘ng ilmiy 
konsepsiya tuziladi va asosiy masalalar ish rejasiga kiritiladi.


Umuman adabiyotlar bilan tanishish tadqiqot ishining boshidan 
boshlab, oxirgacha davom etadi. Shuning uchun ilmiy ish reja- 
si ham aniqlanib, mukammallashtirib boriladi. Dastlab manba 
va adabiyotlardan yig'ilgan dalillar mavzuga aloqador natijalar- 
ga qo‘yib boriladi. Uzoq m uddatli izlanish natijasida papka- 
lar ham ancha to ‘lib qoladi. Adabiyotlar bilan ishlash asnosida 
izlanuvchida m a’lum ishga ilmiy qarashlar shakllanadi va u har 
bir papkadagi dalilni tizim lashtiradi. Dalillar davomiy va davriy 
joylashtirilib, ularni tizimlashga kirishiladi. Biroq mavzu faqat- 
gina dalilning o‘ziga suyanib qolmasligi kerak, ular asosida yan- 
gicha nazariy xulosalar kelib chiqishi va bu xulosalar amaliyot- 
ga tatbiq etilishi zarur. Ish yangicha tadqiqotlarga takliflar va 
yo‘nalishlar berishi kerak bo‘ladi. Tadqiqotchi qaysi masala tad- 
qiqotchilar nazaridan chetda qolgan va qaysi masalalarni chuqur 
o‘rganish kerakligini farqlay olishi kerak. Tadqiqotchi izlanish- 
lari davomida ilmiy ish rejasiga o‘zgartirish kiritishi ham mum­
kin. Bu yig‘ilgan dalillar va m asalalarning nechogliq to‘g‘ri va 
noto‘g‘ri qo‘yilganligiga bog‘liq.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling