Metodologiyasi


Diplomatiya (diplomatika)


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Diplomatiya (diplomatika) 
— (yunon. diploma — ikki buklan- 
gan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni o‘rganuvchi va tahlil qiluv- 
chi bilim sohasi. Diplomatika tarix fani sohasi bo‘lib, huquqiy 
aktlar, hujjatlarning shakli va mazmunini o'rganadi
Diplomatiya tarixi 
— diplomatiya tarixining shakllanishi va 
mukammallashib borishi ham tarixiy tadqiqotlarning ilk ko‘ri- 
nishlarida uchraydi. Bunda asosan tarixchilar tomonidan qirollar, 
shohlar, xonlar, diplomatlar va elchilarning o‘zaro alohida mu- 
zokaralari tarixini yoritishga asosiy e’tibor qaratilgan. Keyincha- 
lik diplomatiya tarixi sohasiga asta-sekin yangi tushunchalar ki- 
rib kela boshladi va endi tadqiqot jarayonida iqtisodiy va ijtimoiy 
ahvolning ham holatiga e’tibor qaratila boshlandi. Xalqaro mu- 
nosabatlar tarixi shakllangach esa davlatlar tizimiga va tuzilishi 
jihatlariga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. XX asr oxir- 
lariga kelib u yoki bu xalqlarning o‘ziga xosligi muammolari tad­
qiqot jarayonlariga aralasha boshladi. Bunda xalqlarning o‘ziga 
xos bebaho tarixiy merosini yaxshi anglash maqsadida ularning 
mentalitetiga, madaniyatshunosligiga alohida urg‘u berila bosh­
landi. Xalqlarning o‘zaro bir-birini yaxshi tushunishi va anglashi- 
ni kuchaytirish maqsadida tarixchilarning tadqiqotlar jarayonida- 
gi o'zaro hamkorligi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Dispersiya 
— yoyilish, ajralish, bo'linish, parchalanish. Tarix 
fanida tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish. 
Yordamchi tarix — fanlari tarix faniga aloqador, tarix fanining 
aniq bir sohasini o‘rganadigan, aniq mazmunga ega bir qator 
fanlarning umumlashtirilgan nomlanishi bo‘lib, ularning orasi- 
da eng yirigi manbashunoslikdir. Qolgan yordamchi tarix fan­
lari 2 qismga bolinadi: Turli manbalarni o‘rganadigan, biroq ayni 
vaqtda tarix fanida aniq bir soha bo‘yicha o‘ziga xos vazifani 
bajaruvchi fanlar, ya’ni arxeografiya, arxivshunoslik, geneologi- 
ya (shajara), metrologiya (o‘lchovlar haqidagi fan), paleografiya 
(qadimgi qo‘l yozmalarning xati va tashqi ko‘rinishlarini o‘rga- 
nuvchi fan, shuningdek, uning tarmoqlari — epigrafika (qadimgi 
yozuvlarni o‘rganadigan fan) va papirologiya (papirus qog‘oziga


yozilgan qadimiy qo‘l yozmalarni o‘rganuvchi fan)), tekstologi- 
ya (matnshunoslik), xronologiya ( muayyan bir vaqtdan boshlab 
tarixni hisoblab borish haqidagi fan, voqealarning tarixi, vaqti 
ketma-ket ko‘rsatib tuzilgan jadval yoki yozilgan ro‘yxat). Alohi- 
da manbalarni tadqiq etuvchi va ayni vaqtda ularning mazmu- 
ni, shakli va xususiyatlarini har tomonlama o‘rganuvchi fanlar, 
ya’ni geraldika (muhrlarni va nishonlarni o‘rganuvchi fan), diplo- 
matika, numizmatika (qadimgi tanga pullar va nishonlarni o‘rga- 
nuvchi fan), bonistika (qog‘oz pullarni o‘rganuvchi fan sohasi), 
faleristika, sfragistika.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling