Metodologiyasi


Ideal  — barkamol, mukammal. Ijtimoiy tarix


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Ideal 
— barkamol, mukammal.
Ijtimoiy tarix 
— XIX asrdan boshlab tarixchilar tomonidan 
tarixiy tadqiqotlarda oddiy odamlar va xalqning ahvolini o‘rga- 
nishga e’tibor qaratish boshlandi. Marksizm ta’limotida ishchi- 
lar tabaqalarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi. XX asrga ke­
lib, «annallar maktabi» ijtimoiy tizim va jarayonlarni o'rganishga 
kirishdi. XX asrning 60-yillarida E.Tomson tomonidan ishchi- 
lar tabaqasining kelib chiqish tarixining o‘rganilishi tarixiy tad­
qiqotlarda fanlararo yondashuvning imkoniyatlarini ko‘rsatib ber- 
di. Oila tarixi, ayollar tarixi o‘rganila boshlandi, odamlarning 
kundalik faoliyati va shaxsiy hayotini o‘rganishga e’tibor kuchay- 
di. Biroq XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi oxirlariga jamiyat 
hayoti tarixini o‘rganish jarayonida ko'pgina sohalar e’tibordan 
chetda qoldirilib, asosan sinfiy kurash masalalariga asosiy e’ti­
bor qaratilib, tarixning bir tomonlama o‘rganilishiga yo‘l qo‘yildi. 
Shuningdek, bu jarayonlardagi bir tizimlilik ham jamiyat hayo­
tini har tomonlama va atroflicha tadqiq qilishga imkon bermadi. 
XX asrning 90-yillaridan boshlab jami yat hayotini o‘rganishdagi 
tarixiy tadqiqotlarda bunday yondashuvlar inkor qilinib, uni har 
tomonlama tadqiq etishga kirishildi.
Ijtimoiy fanlar 
— (Social sciences) — insoniyat va jamiyat- 
ning hayotini turli yo‘nalishlarda (sohalarda) o‘rganadigan fanlar 
majmuyi. Jamiyat hayoti va taraqqiyotining iqtisodiy soha bilan 
bog‘liq jihatlarini o‘rganadi, statistikaning paydo bo‘lishi bilan


faol rivojlana boshlagan. Bugungi kunda matematik modellash- 
tirishdan keng foydalaniladi. Tarixchi monetarizm, lasseferizm, 
D.Keyns nazariyasi va boshqa bilimlarni bilmasdan turib tad- 
qiqotlarni olib borishi samara bermaydi. Tarixchi bu soha tadqi- 
qida odamlarning yashash tarzi haqida to‘liq ma’lumot bera olishi 
mumkin bo‘lmagan jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy ishlab 
chiqarish haqidagi ma’lumotlar kabi faqatgina iqtisodiy tahlil bi- 
langina cheklanib qolmasdan, demograflya, sotsiologiya kabilarni 
ham iqtisodiy soha tarixini o‘rganishga jalb eta olishi kerak.
Induksiya 
— (lotinchada «inductio» — xulosa chiqarish, 
muayyan bir fikrga kelish; xulosa, natija, yakunlovchi fikr); da- 
lillardan (faktlardan) ayrim farazlarga qadar xulosalar chiqarish, 
farazlarga yo‘naltirilgan xulosalarni shakllantirish. Induksiyani 
ikki jihati, xususiyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ya’ni bi- 
rinchisi to‘liq induksiya bo‘lib, umumlashtirish yakuniy xulosa- 
ga ega bo‘lgan dalilar sohasi bilan umumlashtiriladi, ikkinchisi 
to‘liq bo‘lmagan induksiya bo‘lib, to‘liq yakuniy xulosalarga ega 
bo‘lmagan yoki oxiri yo‘q dalillar sohasi bilan umumlashtirila­
di. Induksiyaning ikki turi mavjud bo‘lib, birinchisi ommabop, 
umumiy (enumerativ) bo‘lib, hisoblash, sanab o‘tish yo‘li bilan 
hosil qilinadi, bunda hodisalarning sabab-oqibatlilik bog‘liqligi 
haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaydi; ikkinchisi ilmiy induk­
siya (eliminativ) bo‘lib, istisno yo‘li bilan hosil qilinadi, hodisalar­
ning sabab-oqibatlilik bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar xulosalar 
chiqarishga yo'naltirilgan mazmunda aks ettiriladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling