Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Kvantativ tarix 
— («quantity» — miqdor) tarixiy tadqiqotlar- 
da miqdoriy (matematik) uslublarning qo‘llanilishi va tarix fani 
tarmoqlari bo‘yicha xulosalarga ega bo‘lish bilan bog‘liq tu­
shuncha.
Klassifikatsiya-tasniflash 
— Tarixiy jarayonlarni, voqealarni, 
hodisalarni, ularning borishi va tarkibiy qismlarini tasniflash. 
Tadqiqot obyektlarini alohida jihatlariga asosan (turi, shakli, 
davri va boshqalar) hamda boshqalarining mohiyatiga ta’sir et- 
maydigan umumiy belgilariga asosan guruhlarga ajratish. Klassi- 
fikatsiyalashning yana bir shakli tipologiya hisoblanaai.
Konkretlik 
— aniqlik, fikrning aniqligi.


Konkretlik (konkret) 
— (lotinchadan «concretus» — zichlan- 
gan, to‘liq) falsafiy kategoriya bo‘lib, ikki ma’noda qollaniladi: 
ya’ni, bevosita ma’lumotning o‘zi sifatida, ilmiy aniqlashtirish- 
larning tizimi sifatida, narsalar (buyumlar) ning mohiyatan alo- 
qadorligi hamda o‘zaro bog‘liqligi hamda hodisalar rivojlanishi- 
ning qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlovchi sifatida tushuniladi. 
Dialektikada konkretlik abstraktlikka qarama-qarshi ma’noda 
bo£ladi, nazariy bilish ham abstraktlikdan konkretlikka yo‘nal- 
tirilgan (ko‘tarilgan) holda amalga oshiriladi.
Kontent-tahlil — matnli ma’lumotlar mazmunini ijtimoiy 
an’analarni aniqlash va o‘lchash maqsadlaridagi jiddiy tadqiqot 
bo‘lib, bu uslub bir qancha manbalarni baravar o‘rganish vaqtida 
qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda tadqiq etilayotgan axborotning dast- 
labki o‘rganish bosqichida qoManiladi. Mazkur uslubning rivoj- 
lanishi sotsiologik tadqiqotlar bilan bog‘liq, biroq kontent-tahlil 
uslubi matnlarni chuqur o‘rganish lozim bo‘lgan barcha jara- 
yonlarda qollanilishi mumkin. Kontent-tahlil uslubining aso­
siy maqsadi — o'rganilayotgan hujjatlardagi axborotni o‘rganib, 
ma’lumotdagi ijtimoiy kontekstni aniqlashga yo‘naltirilgan. Kon­
tent-tahlil uslubining ustunlik jihati tadqiqotchining o‘rganila- 
yotgan obyektga ta’sirini cheklaydi, olinayotgan ma’lumotlarning 
yuqori darajadagi ishonchliligi (chunki hujjatlarni bir necha bor 
qayta tekshiruvlardan o‘tkazish mumkin va boshqa hujjatlar bi­
lan solishtirib ko‘rish imkoniyati bor), ijtimoiy-psixologik hodi- 
salarni o‘tmish hujjatlariga asoslangan holda tarixiy nuqtayi na- 
zardan o‘rganish imkoniyatining mavjudligi.
Kontent-tahlil uslubining imkoniyatlari: 
ustuvor ijtimoiy yo‘nalishlarni aniqlash va tahlil qilish; 
manbaning eng nozik jihatlarigacha aniqlik kiritish imkoni­
yati;
turli tushunchalarning takrorlanish darajalarini aniqlash; 
matnda mavjud xususiyatlardan kelib chiqqan holda muallif- 
ning manbani yaratishdagi nuqtayi nazari, yondashuvi va pozitsi- 
yasiga tadqiqotchining e’tiborini qarata olish.


kontent-tahlil uslubining tadqiqot bosqichlari: 
hujjatlar tahlili uchun dasturlarni tayyorlash (vazifalar, tu- 
shunchalar, farazlar va boshq.); 
tanlovni shakllantirish;
muayyan aniq tahlilning usullarini ishlab chiqish; 
uslublani tekshiruvdan o‘tkazish, uning samarali ekanligiga 
ishonch hosil qilish;
dastlabki axborotlarni yig‘ish;
to‘plangan materiallarni miqdoriy tahlil qilish.
Qoiga kiritilgan natijalar va xulosalarni interpretatsiyalash lo- 
tin tilida «conceptio» — tushunish, qarashlar

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling