Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiq (mantiqiylik)
Manbashunoslik
— tadqiqot manbasi va u bilan bog‘liq tushun- chalarni o‘rganadigan fan. Tadqiqot manbalarini ilmiy jihatdan klassifikatsiyalash (tasniflash) tamoyillarini shakllantiradi, man- balarning ichki va tashqi tanqidiy tahlili asoslarini, alohida gu- ruhdagi, alohida xususiyatlarga ega hamda alohida mazmundagi manbalar bilan ishlash uslublarini ishlab chiqadi. Manbalarn- ing tasniflanishi, kelib chiqishini va yaratilishini o‘rganadi, man- balarning mualliflari, ularning haqiqiyligi va ishonarliligi, to‘liq- ligi kabi bir qator jihatlarini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Mantiq (mantiqiylik) — mantiq ilmi, mantiqiy fikr (flkrlash), inkor qilib bo‘lmaydigan mantiq (mantiqan to£g‘ri xulosa yoki fikr), ichki (mantiqiy) qonuniyat — voqealarning ichki qonuni- yatlar asosida (mantiqiy bog‘lanishda) kechishi, mantiqiy xulo sa, mantiqiy izchillik, mantiqan to‘g‘ri mulohaza qilmoq, manti qiy fikr yuritmoq. Marksizm — tarixiy-falsafiy yo‘nalish sifatida XIX asrning ik- kinchi yarmida Yevropada shakllandi. Marksizm yo‘nalishining asoschilari germaniyalik K. Marks (1818—1883) va F.Engels (1820— 1895) hisoblanadi. Ular tarixiy materializm g‘oyasini asoslab, barcha tarixiy jarayonlarning asosini ishlab chiqarish munosa- batlari tashkil etadi, iqtisod omili jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir, mazmunidagi o‘z fikrlarini ilgari surdilar. Marksistlar (marksizm tarafdorlari)ning qarashlariga ko‘ra jahonning umu- miy tarixi bu iqtisodiy va siyosiy hokimiyat (hukmronlik) uchun kurash jarayonidan iborat, bunda sinfiy kurash tarixiy jarayon- larning harakatlantiruvchi kuchi va iqtisodiy munosabatlar jami yat taraqqiyotining asosiy omili sifatida birinchi o‘ringa qo‘yiladi. XX asr davomida bu qarashlar asosida tarixiy tadqiqotlar amal- ga oshirilgan bo‘lsa, asrning oxiriga kelib marksizm nazariyasi bir yoqlama bo‘lganligi uchun undan voz kechildi. M etod (yunoncha methodos — nazariya, bilim va tadqiqot yo‘llari) — u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘llari, uslublari, aniq va konkret vazifalarni hal etish usullari. M etod (yunoncha methodos — nazariya, bilim va tadqiqot yo‘llari) — u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘llari, uslublari, aniq va konkret vazifalarni hal etish usullari. Tarix fanida metod — tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi tad qiqot usullari va jarayonlar yig‘indisidan iborat, metodning o‘zi nazariyadan, tadqiqot metodikasi va texnikasidan tarkib topadi. Har qanday metod nazariy jihatdan asoslangan bo‘lib, bir vaqt- ning o‘zida obyektiv va subyektiv xususiyat kasb etsada, obyek- tiv asosga ega. Bunda metodning tanlanishi, uning to‘g‘ri qo'llanilishi va tanqidiy xulosalarning chiqarila olinishi tadqiqotchining bevosita o‘ziga bogliq va uning o‘rni asosiy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tarixchi tadqiqotchi metodlar yig‘indisidan ilmiy muammoni hal etish va yechimini topishda foydalanadi. Tarixiy tadqiqotlar metodlarining to‘rtta darajasi va yondashuv- lari mavjud: Falsafiy (har bir falsafiy yondashuv tarixga nisbatan o‘z qa- rashlariga ega); Umumfan (tabiiy va gumanitar fanlarda qo‘llaniladi); Maxsus-tarixiy (faqatgina tarix fani tadqiqotlarida qo‘llanila- di); Aniq-muammoviy (tor doiradagi tadqiqotlar uchun). Tadqiqot metodlarining yuqoridagi har to'rtalasi o‘zaro bir-bi- ri bilan bog‘langan bo‘lib, aniq-muammoviy va maxsus-tarixiy uslublar umumfan va falsafiy uslublarga asoslanadi. Hozirgi vaqt da tarixchilar fanlararo yondashuv — boshqa fanlar metodlarini ham tarixiy tadqiqotlarda qollamoqdalar. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling