Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Metodologiya 
(yunoncha «metod» va «logos» — fan, ilm) fan 
metodologiyasi — ilmiy bilishning shakllari, uslublari va tuzilish 
tamoyillari haqidagi fan. Metodologiya bilishning falsafiy nazari- 
yasi, sotsiologiya va tarixshunoslik asosida shakllanadi. Tabiiyki
bilish nazariyasi masalalari bu fanda asosiy o‘rin tutadi, biroq bu 
bilan asosiy e’tibor shunga qaratilishi mumkin emas, balki naza­
riy bilimlar tarixiy tadqiqotlar amaliyoti bilan mukammallashti- 
rilishi lozim. Bunday tarixiy tadqiqotlar faylasuflar tomonidan 
amalga oshirilmaydi, shuning uchun ularning tarix fani metodo­
logiyasi borasida bildirgan fikrlari ko‘p hollarda bahs va muno-


zaraga sabab boMadi, aksariyat hollarda esa tarixchi-amaliyotchi- 
lar ularning fikrlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri inkor qiladilar.
Metrologiya 
— o‘lchovlar haqidagi fan, (yunon. metron — 
o‘lchov, logos — tushuncha, bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) 
o‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo‘lgan og‘ir- 
lik, masofa va sath olchovlarini o‘rganadi.
Modellashtirish 
— tarixiy hodisalarning andozasini, shak- 
lini, holatini tuzish, shakllantirish. Bilish obyektlarini (ko‘pin- 
cha fizikada) ularning modellari yordamida tadqiq qilish. Model­
lashtirish asosida tadqiqot obyekti bilan uning modeli o'rtasidagi 
o‘xshashlik, muvofiqlik yotdi. Hozir bu metod ilmiy tadqiqot ja- 
rayonini yengillashtiradi.
Mukamma! tavsiflash uslubi 
— (rus. Metod plotnix opisaniy) 
bir tadqiqot obyektining o‘ziga xos jihatlarini sinxron tahlil qi­
lish uslubi. Bunda asosiy vazifa tadqiqot obyektining o'ziga xos 
jihatlarini (tarjimayi holini) maksimal darajada o‘ta mukammal 
aks ettirish (tavsiflash), uning «inqiroz holatlarini», ya’ni biror- 
bir favqulodda holatga (hodisalar, voqealar, jarayonlar kabilar) 
boMgan ta’sirini va bu ta’sir orqali unda sodir bo‘lgan o‘zgarish- 
larni aniqlashdir. Uslub shaxsning qarashlari va tarjimai holida- 
gi sinxronlikdan kelib chiqadi, ya’ni tadqiqot obyektining qarash- 
larida (yoki sodir bo‘lish jarayonida) birdaniga yoki asta-sekinlik 
bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni nazariy jihatdan yoki amaliy ji- 
hatdan savollar yordamida shakllantiriladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling