Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neokantchilik
- Numizmatika
Nazariya (teoriya)
— (yunon tilidan «theoria» — ko‘rib chiqish, tadqiq etish) ta’limot, ilmiy tamoyillar (prinsiplar) tizimi (sis- temasi), qoidalar majmuyi, fikr, mulohaza, nuqtai nazar, naza riya. Fanning u yoki bu sohalaridagi asosiy g‘oyalar tizimi, vo- qelikning mohiyat jihatdan bog‘liqligi va qonuniyatlari haqida tolaqonli tasavvur qilish imkonini beruvchi ilmiy bilish shakli. Neokantchilik — neokantchilaming qarashlaricha ijtimoiy hayotda hech qanday qonuniyatlar mavjud emas, tarixchining subyektiv xatti-harakatlari (boshidan kechirganlari, ko‘rgapn bil- ganlari) bilishning eng asosiy vositasidir, tarixiy dalillar — bilish- ning asosiy dalillaridir deb hisoblaydilar. Fandagi (ilmdagi) ong, aql, idrok haqidagi (bunga tarixni ham qo‘shadilar) bilishning eng asosiy vositasi bu — tushunish va intuitsiya (sezgirlik)dir deb ko‘rsatadilar. Neokantchilarning ta’kidlashicha, tarix individual, alohida konkret holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi, tarix poeziyaga va san’atga yaqin bo‘lib, ko‘proq tavsifly xususiyatiga egadir. Numizmatika (numismatics. Lotinchadan numisma — mone- ta, tanga) — yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, tangalar va tan- galardan iborat xazinalarni tarixiy, iqtisodiy, madaniy yodgor- lik sifatida o‘rganadi. Numizmatika shuningdek, Tangalarni zarb qilish ishlarini ham o‘rganadi. tangalar va ularning tarixini o‘rga- nuvchi yordamchi tarix fani sohasi, tangashunoslik. Qadimiy pul- larni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqti- ni tekshiradi. «Numizmatika» termini o‘rta asrdan e’tiboran tanga pullar haqidagi fanning nomi sifatida ishlatila boshlandi. Tanga — bu belgilangan formadagi metall quymasi. U o‘zining og‘irligiga, qiymatiga, sifatiy tarkibiga ega bo£ladi va qonuniy muomala vosi tasi hisoblanadi. Pullar, ular qanday ko‘rinishga ega bo‘lishdan qat’i nazar, qiy- mat o‘lchovi, muomala vositasi, xazina to'plash, to‘lov vositasi, jahon puli funksiyalarini bajaradi. Numizmatika tanga va qog‘oz pullarning, orden va medal- larning yuzaga kelish tarixini o‘rganadi, shu asosda fanning tur li sohalariga, jumladan tarix va arxeologiya, siyosiy iqtisod, til- shunoslik va san’atshunoslikka oid masalalarni hal etish ishiga yaqindan yordam beradi. Birinchi tanga pullar er.avv. XII asrga oid bo‘lib, ular das- tavval Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga ko‘ra, bi rinchi oltin hamda kumush tangalar eramizdan oldingi VII asr- da Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan. Keyinchalik Qora dengiz bo‘yidagi ko‘pgina grek mamlakatlari va davlatlari- dagi yirik shaharlarda tanga pullar zarb etishgan. Demak, er.avv. VII asrda tangalar 0 ‘rta Yer dengizi rayonlarida paydo bo‘lgan. Lidiya (kichik Osiyo — davlati) va Grek oroli Egina bu yerda chiqarilgan tanga pullarning vatani hisoblanadi. Keyinchalik u butun Elladaga va uning koloniyasi Eron, Italiyaga tarqaldi. Rus- cha «moneta» so‘zi aslida lotincha bo‘lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan. Qadimgi Rimda Yunna Moneta deb ishlatilgan. Xudo Yuno na sharafiga shunday deb nomlangan. Moneo ogohlantiraman, saqlayman, bashorat qilaman degan ma’nolarni bildiradi. Rim- liklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar. Xuddi shu ibodatxona huzurida er.avv. IV asrning 2-yarmida Rimda birinchi marta pul chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yer da yalpoq, mis pullar — asslar zarb qilingan. Rim yozma man- balarida «moneo» termini bilan bir qatorda «numizma» termini ham uchraydi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling