Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Semiotika 
- (yunon tilidan «semeion» - belgi, nishon). Kishi- 
lik jamiyatidagi, tabiatdagi yoki kishining o‘zidagi axborotni 
(ma’lumotni), qonunlarning mazmuni, belgilar tizimi (aksariyat 
hollarda tabiiy va sun’iy tillar, madaniy hayotning ayrim sohalari 
oid ma’lumotlar, jumladan afsonalar, marosimlar va ularning ji- 
hatlari, tizimlarini) berish yoMlarini tadqiq etuvchi fan sohasi.
Siyosiy tarix 
— tarix fanining eng dastlabki yuzaga kelgan tar- 
moqlaridan biri bo‘lib, bu tarix o‘z tarkibiga fuqarolik jamiya- 
ti tarixini, siyosiy voqealar tarixini, siyosiy tizimlarni boshqarish 
va ijro etuvchi hokimiyat tarixini kiritgan holda tarix fanining 
o‘rganilishini ma’lum darajada o‘zgarib borishiga ta’sir ko‘rsat- 
di. Ingliz tarixchisi D.Eltoning fikricha, siyosiy tarix jamiyat- 
ning tarkibi bo‘lgan inson faoliyatini o'rganadi. Bunda asosiy e’ti­
bor inson faoliyatini faqatgina tavsiflab berishga emas, balki uni 
tushunish va idrok etishga yo‘naltirilgan boiishi kerak. Mazkur 
tarixchi o‘z fikrini davom ettirib, siyosiy tarix statistikaga but- 
kul bog‘liq bo‘lib qolmasdan, abstraksiyadan qochish va faqatgi­
na ijtimoiy tarixni yozmasdan, inson faoliyati va insonlar bilan 
munosabatga kirishish kerak, deb ko‘rsatadi. Biroq tarixni yo- 
zishda sotsiologiyaga ko‘proq e’tibor qaratuvchi bir qator tarixchi- 
lar D.Eltoning bu fikriarini ma’qullamaydilar va asosiy qimmat- 
li ma’lumotlarni ijtimoiy tarixdan olish kerak deb hisoblaydilar.
Ko‘p hollarda siyosiy tarixchilar o‘z diqqat — e’tiborlarini in­
sonlar taqdiriga ko‘proq ta’sir etuvchi siyosiy hokimiyat faoli­
yatini o‘rganishga qaratadilar. Shunga ko‘ra tadqiqotlar ko‘la- 
mi ham kengayib boradi, ya’ni aholining harakatlari, alohida 
muammolar, hattoki ommaviy madaniyat ham siyosiy tarixchilar


diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Tarix fanining bu tarmog‘ini 
rivojlantirishda tarixchi E.Xobsboum katta o‘rin tutadi. U tarix- 
ni faqatgina «oliy siyosat» sohasida emas, balki nizolar va kelish- 
movchiliklar, iqtisod, ijtimoiy psixologiya va boshqa bir qancha 
guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi.
Sintez 
— hodisalarni o‘zaro bog‘langan, bir butun holda tek­
shirish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir butun 
xulosa chiqarish.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling