Metodologiyasi
Tadqiqotning ilmiy-ma’lumotnoma apparati
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tadqiqotning ilmiy-ma’lumotnoma apparati
— eslatma va izohlar (ya’ni tadqiqot ishining sahifasi ostidagi izohlar, shu sa- hifada keltirilgan matnni (ma’lumotni) izohlar bilan ta’minlash va rnatnga (yoki uning muallifiga yoki manbasiga) izohlar be rish), iqtibos yoki havola (ssilka) keltirish (ya’ni, tadqiqot ishi ning sahifasi ostida shu sahifada keltirilgan matnning (ma’lumot ni) to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi, ishonarli yoki ishonarli emasligi kabi xususiyatlarini aks ettirishda, yoki tadqiqotchi o'zining fikrini boshqa manbalardagi ma’lumotlar va dalillar bilan quvvatlantir- moqchi bo‘lganida yoki isbotlamoqchi bo‘lganida birlamchi man- balarga tayanishi va birlamchi manbalardan dalillar keltirishi). Shuningdek, tadqiqotning ilmiy ma’lumotnoma apparatiga tad- qiqotga jalb etilgan va tadqiqot jarayonida foydalanilgan manbalar hamda adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot obyektining ayrim alohida o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ko‘rsatib beruvchi, tadqiqot matnida keltirilgan ma’lumotlarni mustahkamlovchi, tadqiqot ning ilmiy ahamiyatini oshirishga xizmat qiluvchi manbalarning nusxalari, hujjatlarning nusxalari, fotosuratlar, jadvallar, chizma- lar, lug'atlar, izohlar, so‘rovnomalar natijalari va tadqiqot maz- munidan kelib chiqqan holda boshqa ma’lumotlardan tarkib top- gan ilovalar ham kiradi. Tamoyillar — tadqiqotchiga nisbatan qo‘yilgan talablar. Bilish tamoyillari tadqiqotchiga tadqiqot jarayonidagi vazifalarni bir maromda ma’lum tartiblarga asoslangan holda amalga oshirishi- da zarur boladigan omillardir. Ular tadqiqotchining u yoki bu tarix maktablari, falsafiy yo‘nalishlarga mansubligi va dunyoqa- rashi, fikrlashi va tafakkuridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. ’ Tamoyillar uslublar bilan mustahkam o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan- ligi uchun ayrim hollarda ularni bir-biri bilan adashtirish holat- lari ham uchraydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish o‘rinli- ki, tamoyillar uslublarga nisbatan birmuncha murakkab va keng tushuncha bo£lib, bir tamoyil o‘ziga bog‘liq holda bir necha uslub- larni shakllantirishi mumkin, ayni vaqtda esa bir uslub bir necha tamoyillarga xizmat qilishi mumkin. Tarix — (yunoncha «historia» — o‘tmishni tavsiflash, hikoya qilish). Ijtimoiy fanlar majmuasi (tarix fani) bo‘lib, insoniyatning butun o‘tmishi davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi jarayonlar va voqea-hodisalarni aniq-konkret holda va turli uslublar yordamida davrlarga bolingan va umumiy hol da o‘rganadi. Tarmoqlari: iqtisodiy tarix, siyosiy tarix,/madaniyat tarixi, harbiy tarix, diplomatiya tarixi, tarixiy geografiya va bosh- qalar. Tarkibiy qismlari maxsus tarixiy fanlar hamda arxeologiya va etnologiya. Fan va madaniyat tarixi, san’at tarixi shu sohalar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling