Metodologiyasi
Tarixiy xaritalar (kartalar)
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy-genetik uslub
- Tarixiy-tipologik uslub
- Tarixshunoslik
Tarixiy xaritalar (kartalar)
— tarixiy voqealar va jarayonlar, ularning borishi, sodir bo‘lgan joylari, masalan, qadimgi sivi- lizatsiyalar, madaniy markazlar, davlatlar, jang va to‘qnashuvlar bo‘lgan joylar, savdo yo‘llari va chegaralar kabilarni aks ettiradi va voqelikni tasavvur qilishda yordam beradi. Tarixiy-genetik uslub — tarixiy-genetik uslub va retrospektiv uslublar keng tarqalgan bo‘lib, ular tarixiy voqealarning tarkibi, va- zifalari va o‘zgarishlami ketma-ket ochib berishga yo‘naltirilgan. Tarixchi I. Kovalchenkoning ta’kidlashiga ko‘ra mazkur uslub lar «mantiqiy tabiati bo‘yicha bu analitik va induktiv, axborotning bayon etilishga ko‘ra esa tavsifiydir». U sabab va oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u yoki bu tarixiy jara yonlarning kelib chiqishini tahlil qilishga asoslanadi. Bunda tarixiy voqea ham individual, ham konkret holatda ko‘rinadi. Bu metoddan absolyutlashtirilgan (mutlaqlashtirilgan) holatda foydalanish ayrim xatoliklarga olib kelishi mumkin. Tarixiy jara yonlarni o‘rganishga asosiy urg‘u berilgan holda bu jarayonlarning barqarorligini yetarlicha baholash ham mumkin emas. Shuningdek, voqealarning individualligi va takrorlanmasligini ko‘rsatgan holda uning umumiylik kasb etishini ham e’tibordan chetda qoldirmas- lik kerak. Bunda empirizmdan saqlash tavsiya etiladi. Tarixiy-tipologik uslub — tipologiya tarix fanida tarixiy hodisa lar va jarayonlarni umumiy alomatlari, jihatlari, mohiyatiga qa- rab ilmiy asosda guruhlarga ajratish, tasnif (klassifikatsiya) qilish. Tipologik uslub tarixiy jarayonlarning mohiyatiga asosan tahlil qilishdir (I.Kovalchenko). Pozitivistlarning ta’kidlashicha, ras- man tavsifiy klassifikatsiyalash natija bermaydi. Subyektiv yon dashuv tarixchi tafakkuridagina tiplarni shakllantirishga olib ke- ladi. M.Veber tomonidan ilgari surilgan «ideal tiplar» nazariyasi sotsiologlar tomonidan uzoq vaqtgacha qabul qilinmadi va sodda- lashtirilgan holda talqin qilindi. Bunda asosan gap bugungi kun- da ma’lum bo‘lgan modellashtirish haqida borib, hozirgi vaqtda tarixchilar bu uslubdan samarali foydalanmoqdalar. I.Kovalchenko tomonidan taklif etilgan guruhlar (turlar) de- duktiv yondashuv va nazariy tahlil jihatlari bilan ajralib turadi. Sifat xususiyati bilan aniqlashtirishning belgilari ajratib ko‘rsa- tilib, tadqiqot obyektining u yoki bu tipga mansubligini aniqlash mumkin ekanligi ta’kidlanadi. Bu yondashuv keyinchalik un- ga matematik uslublarni tadqiqot jarayonida qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan edi. Tarixshunoslik — (yunon tilida «historia» — tarix va «grapho» — yozaman) — fanning tarixini o‘rganadigan fan. Aynan ma’no- dagi tushunchasi esa ilmiy tadqiqotning bir qismi bo‘lib, aniq ilmiy mavzuning o‘rganilishi darajasini ochib beradi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling