Metodologiyasi


Tasniflash  - qarang: klassifikatsiya. Tahlil


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tasniflash 
- qarang: klassifikatsiya.
Tahlil 
— qarang: analiz.
Tekstologiya 
— matnshunoslik. Yordamchi tarix, filologiya, 
madaniyatshunoslik fanlari sohasi bo‘lib, yozuv, adabiyot, folk-


lorning yaratilishini o‘rganadi, ularning tanqidiy tahlil qiladi va 
«tekshiruv»dan o‘tkazadi, matnlarni keyingi tadqiqotlar va nashr- 
lar uchun tayyorlashni amalga oshiradi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyili 
- sistema — muayyan tarzda 
o'zaro bog‘langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan 
elementlar majmuyi. Tarmoq, shoxobcha, birlik, butunlik tashkil 
etuvchi narsalar majmuyi. Tarix fanida umumiy yaxlit tarixiy ja­
rayonlarning tarkibini tashkil etuvchi tarixiy jarayonlar, voqealar, 
hodisalar majmuyi.
XIX asrda tarixchilar jamiyatni, tarixiy voqealarni tizimli­
lik asosida (sistemalashtirib) o‘rgana boshlagan bo‘lsalar, XX asr- 
ga kelib barcha fanlar tadqiqotlarida tizimlilik uslubidan foydala- 
nish asosiy o‘rin tutib bora boshladi, bunda tadqiqot obyektiga 
sababiylik va kelib chiqishidagi hamda vazifaviy aloqadorligi xu- 
susiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilmali tizim sifa­
tida qaraldi.
Tipologiya 
— tarix fanida tarixiy hodisalar va jarayonlarni 
umumiy alomatlari, jihatlari, mohiyatiga qarab ilmiy asosda gu- 
ruhlarga ajratish, tasnif (klassifikatsiya) qilish. Tipologik uslub 
tarixiy jarayonlarning mohiyatiga asosan tahlil qilishdir (I.Koval- 
chenko). Yana qarang: klassifikatsiya.
Tipologiyalash 
- tarixiy jarayonlar va hodisalarni umumiy alo- 
matlariga asoslanib guruhlarga, turkumlarga ajratish. Yana qa­
rang: klassifikatsiya, tipologiya.
Uslub 
— qarang: metod
Fan tarixi 
— tarix fani ilm-fanga kashfiyotlar ro‘yxati sifati­
da emas, balki inson faoliyatining mahsuli va ayni vaqtda jamiyat 
va madaniy hayotning ajralmas bir bo‘lagi sifatida qaraydi. Ilm- 
fan ijtimoiy va mafkuraviy xususiyatga ega. Ayni vaqtda tarix- 
chilardan ilm-fanning ilmiy bo‘lmagan tafakkur mahsuli bo‘lgan 
(astrologiya, alkimyo va boshq.) fanlarni ilmiy fanlar bilan ara- 
lashtirib yubormaslik talab etiladi. Bu sohaning tarixiy tadqiqot- 
lari jarayonida ilm-fan va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar ya bogiiq- 
likka alohida e’tibor qaratilishi kerak.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling