Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xronologiya
- Harbiy tarix
Xronologik uslub
— voqealarning ketma-ket sodir bo‘lishiga asoslangan, voqea va hodisalarni xronologik tartibda bayon qi- lishga yo‘naltirilgan tarixiy tadqiqot uslubi. Har bir tarixchi tomonidan qo‘llanilib, tarixiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha (xronologik) ketma-ketlikda o'rganish imkonini beradi. Biroq bunda e’tiborga molik faktlarni diqqatdan chetda qoldirmaslik kerak. Ayrim hollarda, ya’ni tarixchilar tomonidan ayrim dalillarning (faktlarning) mazkur tizimga jalb eta olmagan hollarida tarixiy jarayonning tavsifldagi noaniqlikka yo‘l qo‘yili- shi mumkin. Bu uslubning bir ko‘rinishi muammoviy-xronologik uslub bo‘lib, yirik tadqiqot mavzusini tadqiqot jarayonida bir ne- cha qismga bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha alohida xronologik jihatdan ketma-ketlikda tadqiqot amalga oshiriladi. Xronologiya — (yunon. xronos — vaqt, logos-tushuncha, bi lim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mam- lakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimni o‘rganuvchi so ha. Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi fan, voqealarning tarixi, vaqti ketma-ket ko'rsatib tuzilgan jadval yoki yozilgan ro‘yxat. Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») nomli asari turli taqvimlarni o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada «Xronologiya» nomi bilan mashhur. Harbiy tarix — tarix fanining eng qadimiy tarmoqlaridan biri- dir. Hatto «tarixning otasi» Gerodot va boshqa antik davr tarixchi- lari ham qadimda sodir bo‘lgan urushlar haqida alohida va ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirganlar. XVIII asrdan boshlab esa harbiy ta rix hatbiy to‘qnashuvlar tarixi sifatida rivojlana boshladi. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan boshlab, urushlar xususiyatidagi yuzaga kel- gan o‘zgarishlar ta’sirida harbiy tarix sohasida nafaqat harbiy soha- ga aloqador masalalarning o‘zinigina, balki jamiyat taraqqiyotiga alo- qador masalalar o‘rganila boshlandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, harbiy tarix fani sohasi tarkibiga urushayotgan mamlakatlar va dav- latlaming ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o'rganish sohalari ham qo‘shildi. Hozirgi vaqtda harbiy tarix predmeti birmuncha kengroq tusda, ya’ni «urush va jamiyat» tushunchasiga ega bo‘lib, ayrim vaqtlarda harbiy mutaxassislar harbiy harakatlarni o‘iganish uchun ham jalb etiladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling